Xitoy va Markaziy Osiyo “rangli inqiloblar”ga qarshi turishi kerak — Si Szinpin

© AFP 2023 / FLORENCE LOPredsedatel KNR Si Szinpin vo vremya sammita "Kitay-Sentralnaya Aziya" v Siane 19-maya 2023 goda.
Predsedatel KNR Si Szinpin vo vremya sammita Kitay-Sentralnaya Aziya v Siane 19-maya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy lideri Markaziy Osiyoni “rangli inqiloblar”ga qarshi turishga chaqirdi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari “rangli inqiloblar”ni qo‘zg‘atishga bo‘lgan tashqi urinishlarga qarshilik ko‘rsatishi, terrorizm va separatizmga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lishi kerak, dedi XXR raisi Si Szinpin Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitida.
“Sinxua” axborot agentligidan iqtibos keltirgan Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati Global xavfsizlik tashabbusini birgalikda amalga oshirishi kerak.
“Oltilik davlat mintaqa davlatlarining ichki ishlariga tashqi aralashuvga, shuningdek, “rangli inqiloblar”ni qo‘zg‘atishga urinishlarga qat’iy qarshilik ko‘rsatishi, terrorizm, separatizm va ekstremizm kabi “uch kuch”ga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi kerak”, — dedi Xitoy yetakchisi.
Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti 18-19 may kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Si Szinpin, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0