Toshkentdagi ayrim manzillarda issiq suv o‘chiriladi
18:03 19.05.2023 (yangilandi: 19:17 19.05.2023)
© pexels.com/Nithin PAKrupnim planom foto kapli vodi
© pexels.com/Nithin PA
Obuna bo‘lish
Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi D-600 mm katta suv tarmog‘ini ta’mirlash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumanidagi ayrim manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi D-600 mm katta suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 22-may kuni soat 9:00 dan 23-may soat 20:00 gacha Mirobod tumanidagi quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi:
Mirobod RU-1; Nukus ko‘chasi, 1-pr. Katta Mirobod, 7-tor Mironshoh, Avliyoota ko‘chasi, Gospital dahasi, Mirobod, Katta Mirobod, Avliyoota-Nukus, Afrosiyob-Gospital, Xonzodabegim, Oybek, Turkiston, A.Temur, 1-tupik Nukus, Istiqbol, Shahrisabz, T.Shevchenko, Fidokor, Afrosiyob, Chimkent, Buyuk Turon, Kichik Beshog‘och, G.Aliyev, Yakka Chinor, Buxoro, Matbuotchilar, Zarafshon, I.Karimov ko‘chalari.
Jami 388 ta iste’molchilar issiq suv ta’minotidan vaqtincha uziladi.