https://oz.sputniknews.uz/20230519/tatariston-ozbekiston-investitsiya-35107076.html
Tatariston Savdo-sanoat palatasi raisi: “O‘zbekiston – investitsiyalar uchun maydon”
Tatariston Savdo-sanoat palatasi raisi: “O‘zbekiston – investitsiyalar uchun maydon”
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston – investitsiyalar uchun maydon. Bu haqda “Rossiya – Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumida nutq so‘zlagan Tatariston Savdo-sanoat palatasi raisi Shamil Ageyev ma’lum qildi.
2023-05-19T14:41+0500
2023-05-19T14:41+0500
2023-05-19T18:33+0500
tatariston
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
rossiya — islom olami: kazanforum
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/13/35119906_74:67:2624:1501_1920x0_80_0_0_d302fd4355930a95f3dcba05e3671040.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston – investitsiyalar uchun maydon. Bu haqda “Rossiya – Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumida nutq so‘zlagan Tatariston Savdo-sanoat palatasi raisi Shamil Ageyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Bundan tashqari, u Moskva-Qozon yo‘li qurilishida qatnashayotgan o‘zbekistonliklarga to‘xtalib o‘tdi.“Ilk marta o‘zbekistonlik quruvchilar Moskva-Qozon yo‘li qurilishida qatnashishmoqda. Ularning yaxshi shartnomalari va ish hajmlari bor, ya’ni ular o‘z texnikasi va odamlari bilan quruvchi tashkilotlar singari ishlashmoqda. Bu ishdagi yangi yo‘nalish, shu bois raqamlar yaxshi bo‘ladi. O‘zbekiston – bizga ruhan yaqin bo‘lgan mamlakat”, - deya ta’kidladi Ageyev.Tatariston poytaxtida “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.Forumda 85 mamlakatdan 7 210 kishi, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. O‘zbekiston stendida meva-sabzavotlar, charm va poyabzal mahsulotlari namoyish etilmoqda.Eslatib o‘tamiz, aprel oxirida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan edi. Minnixanov tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi, Abdulla Aripov bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi va Jizzax shahridagi texnopark ochilishida qatnashdi. Aytish joizki, O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida mustahkam iqtisodiy-gumanitar aloqalar o‘rnatilgan va ular izchil rivojlanib bormoqda.
tatariston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/13/35119906_0:0:2554:1915_1920x0_80_0_0_0e217487b812b0d5fa93dd5e6fee1567.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tatariston investitsiya islom dunyosi: kazanforum” xiv xalqaro iqtisodiy forumi
o‘zbekiston tatariston investitsiya islom dunyosi: kazanforum” xiv xalqaro iqtisodiy forumi
Tatariston Savdo-sanoat palatasi raisi: “O‘zbekiston – investitsiyalar uchun maydon”
14:41 19.05.2023 (yangilandi: 18:33 19.05.2023) Shamil Ageyev Tataristonning O‘zbekiston bilan alohida munosabatlari borligini ta’kidladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston – investitsiyalar uchun maydon. Bu haqda “Rossiya – Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumida nutq so‘zlagan Tatariston Savdo-sanoat palatasi raisi Shamil Ageyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“O‘zbekiston – investitsiyalar uchun maydon. Tatariston u yerda allaqachon ikkita texnopark ochdi, “Tatneft” faol ishlayapti, Qozon va Toshkent o‘rtasidagi reyslar to‘lib yo‘lovchilarni tashiyapti. Eng asosiysi – haqiqatan ishlash kayfiyati bor”, - dedi Ageyev.
Bundan tashqari, u Moskva-Qozon yo‘li qurilishida qatnashayotgan o‘zbekistonliklarga to‘xtalib o‘tdi.
“Ilk marta o‘zbekistonlik quruvchilar Moskva-Qozon yo‘li qurilishida qatnashishmoqda. Ularning yaxshi shartnomalari va ish hajmlari bor, ya’ni ular o‘z texnikasi va odamlari bilan quruvchi tashkilotlar singari ishlashmoqda. Bu ishdagi yangi yo‘nalish, shu bois raqamlar yaxshi bo‘ladi. O‘zbekiston – bizga ruhan yaqin bo‘lgan mamlakat”, - deya ta’kidladi Ageyev.
Tatariston poytaxtida “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda 85 mamlakatdan 7 210 kishi, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. O‘zbekiston stendida meva-sabzavotlar, charm va poyabzal mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aprel oxirida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda
bo‘lgan edi. Minnixanov tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev qabulida
bo‘ldi, Abdulla Aripov bilan hamkorlik istiqbollarini
muhokama qildi va Jizzax shahridagi texnopark ochilishida
qatnashdi. Aytish joizki, O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida mustahkam iqtisodiy-gumanitar aloqalar o‘rnatilgan va ular izchil rivojlanib bormoqda.