https://oz.sputniknews.uz/20230519/rossiya-va-musulmon-davlatlarining-pozitsiyalari-mos-keladi--minnixanov-35125827.html
Rossiya va musulmon davlatlari pozitsiyalari mos keladi — Minnixanov
Rossiya va musulmon davlatlari pozitsiyalari mos keladi — Minnixanov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya xalqaro maydondagi tub o‘zgarishlar fonida Islom hamkorligi tashkiloti davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishni istaydi.
2023-05-19T21:12+0500
2023-05-19T21:12+0500
2023-05-19T21:14+0500
rossiya
rustam minnixanov
musulmonlar
islom hamkorlik tashkiloti
rossiya — islom olami: kazanforum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/12/35068508_0:0:1600:900_1920x0_80_0_0_0634a9fc2ef956f7451d673b9f86b803.jpg
QOZON, 19-may — Sputnik. Rossiya va musulmon davlatlari pozitsiyalari bir-biriga mos keladi, dedi Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Qozon forumining yalpi majlisida. Sputnik muxbiri xabariga asosan. Shuningdek, Tatariston rahbari aytishiga ko‘ra, Rossiya Islom Hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar bilan ularning ijtimoiy-siyosiy tuzilmalari va an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini hurmat qilgan holda har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum 2023 — Rossiya Federatsiyasi va islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy platformasidir.Birinchi marta Rossiya va Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo mamlakatlarning Xalqaro iqtisodiy forumi 2009-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, hamkorlikni muhokama qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yetakchi xalqaro platforma yaratdi.Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga muvofiq “Rossiya – Islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi federal maqomga ega bo‘ldi. Qozondagi tadbir nafaqat Rossiya hududlari, balki xorijiy davlatlar uchun ham katta ahamiyatga ega.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/12/35068508_194:0:1394:900_1920x0_80_0_0_94139c1aa49669b3700b16179555db89.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya islom hamkorligi tashkiloti minnixanov kazanforum
rossiya islom hamkorligi tashkiloti minnixanov kazanforum
Rossiya va musulmon davlatlari pozitsiyalari mos keladi — Minnixanov
21:12 19.05.2023 (yangilandi: 21:14 19.05.2023) Rossiya xalqaro maydondagi tub o‘zgarishlar fonida Islom hamkorligi tashkiloti davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishni istaydi.
QOZON, 19-may — Sputnik. Rossiya va musulmon davlatlari pozitsiyalari bir-biriga mos keladi, dedi Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Qozon forumining yalpi majlisida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Rossiya Federatsiyasi va musulmon davlatlarining pozitsiyasi bugungi kunda dunyo taraqqiyotining ko‘plab masalalarida bir-biriga mos keladi. Global beqarorlik sharoitidagi hamkorligimiz madaniyatlar va qadriyatlar xilma-xilligi bilan adolatli dunyo tartibini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi", - dedi respublika rahbari.
Shuningdek, Tatariston rahbari aytishiga ko‘ra, Rossiya Islom Hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar bilan ularning ijtimoiy-siyosiy tuzilmalari va an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini hurmat qilgan holda har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga intiladi.
"Bugungi vaziyatda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tovarlarni logistika bilan ta’minlash zanjirlarini asosli ravishda qayta qurish, jumladan eksport oqimini tiklash, import o‘rnini bosish va mamlakatlarda texnologik suverenitetni mustahkamlash bo‘yicha ishlar, xalqaro transport yo‘laklari faoliyatini takomillashtirish, qo‘shma investitsiya loyihalari amalga oshirish muhim ahamiyatga ega", — dedi Minnixanov.
Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum 2023 — Rossiya Federatsiyasi va islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy platformasidir.
Birinchi marta Rossiya va Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo mamlakatlarning Xalqaro iqtisodiy forumi 2009-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, hamkorlikni muhokama qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yetakchi xalqaro platforma yaratdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga muvofiq “Rossiya – Islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi federal maqomga ega bo‘ldi. Qozondagi tadbir nafaqat Rossiya hududlari, balki xorijiy davlatlar uchun ham katta ahamiyatga ega.