https://oz.sputniknews.uz/20230519/prezident-saylov-mablag-35102120.html
Prezident sayloviga qancha mablag‘ sarflanishi ma’lum bo‘ldi
Prezident sayloviga qancha mablag‘ sarflanishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident sayloviga oldingiga qaraganda 41 foizga kamroq mablag‘ - 174 mlrd so‘m ajratildi.
2023-05-19T11:58+0500
2023-05-19T11:58+0500
2023-05-19T19:40+0500
siyosat
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
o‘zbekiston
saylovlar
markaziy saylov komissiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21066583_0:69:1280:789_1920x0_80_0_0_4e0187ec3f15a321c7d1c55715be1249.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 174 milliard 130 million so‘m miqdorida ishlab chiqdi. Bu haqda MSKning navbatdagi majlisida ma’lum qilindi. MSK a’zosi Adham Ibodullayevning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yildagi prezident saylovida 26 foizi va joriy yilda bo‘lib o‘tgan referendumda 13,5 foiz budjet mablag‘lari iqtisod qilingan.Mazkur mablag‘ avvalgi prezident saylovi uchun ajratilgan mablag‘dan 41 foizga kamdir. Xarajatlar smetasiga ko‘ra mablag‘larning deyarli 82 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etish uchun ajratilmoqda. Ushbu mablag‘larning 76 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolari (a’zolarning aksariyat qismi o‘qituvchi, shifokor, faol fuqarolar tarkibidan shakllantirilgan) mehnati uchun to‘lab beriladigan kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflanishi uchun rejalashtirilgan.Qayd etilishicha, xarajatlar smetasini shakllantirish jarayonida qonun talablaridan kelib chiqib, avvalgi siyosiy tadbirlarda amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni maqbullashtirishni hisobga olgan holda barcha mablag‘ talab etiladigan jihatlari e’tiborga olingan.Eslatib o‘tamiz, 2021-yil uchun prezident sayloviga 300 milliard so‘m ajratilgandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21066583_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_049fa0c2a55a7d64db9627fb1d739531.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezident saylovi 2023 msk mablag‘ pul saylov 2023
o‘zbekiston prezident saylovi 2023 msk mablag‘ pul saylov 2023
Prezident sayloviga qancha mablag‘ sarflanishi ma’lum bo‘ldi
11:58 19.05.2023 (yangilandi: 19:40 19.05.2023) Prezident sayloviga oldingiga qaraganda 41 foizga kamroq mablag‘ - 174 mlrd so‘m ajratildi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 174 milliard 130 million so‘m miqdorida ishlab chiqdi. Bu haqda MSKning navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
MSK a’zosi Adham Ibodullayevning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yildagi prezident saylovida 26 foizi va joriy yilda bo‘lib o‘tgan referendumda 13,5 foiz budjet mablag‘lari iqtisod qilingan.
Mazkur mablag‘ avvalgi prezident saylovi uchun ajratilgan mablag‘dan 41 foizga kamdir. Xarajatlar smetasiga ko‘ra mablag‘larning deyarli 82 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etish uchun ajratilmoqda.
Ushbu mablag‘larning 76 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolari (a’zolarning aksariyat qismi o‘qituvchi, shifokor, faol fuqarolar tarkibidan shakllantirilgan) mehnati uchun to‘lab beriladigan kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflanishi uchun rejalashtirilgan.
"Umumpartiyaviy tadbirlar va siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga ajratiladigan mablag‘lar — 19 mlrd 655 mln so‘mni tashkil etishi ta’kidlandi. Bunda, har bir nomzodga 4 mlrd 914 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda", - deydi Adham Ibodullayev.
Qayd etilishicha, xarajatlar smetasini shakllantirish jarayonida qonun talablaridan kelib chiqib, avvalgi siyosiy tadbirlarda amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni maqbullashtirishni hisobga olgan holda barcha mablag‘ talab etiladigan jihatlari e’tiborga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil uchun prezident sayloviga 300 milliard so‘m ajratilgandi.