O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqmoqchi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAmerikanskiy gorki v parke “Navruz”
Amerikanskiy gorki v parke “Navruz” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘tgan bir yilda 1 million fuqaro kambag‘allikdan chiqarildi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish borasida boshlagan ishlarni yangi bosqichga olib chiqib, “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida islohotlarni qat’iy davom ettiradi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Kambag‘allikni qisqartirishga bag‘ishlangan II xalqaro forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
Kambag‘allikni qisqartirish uchun yangicha ishlash boshlanadi.
Qayd etilishicha, o‘tgan bir yilda mamlakatda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga pasayib, 1 million fuqaro kambag‘allikdan chiqarilgan.
“Kambag‘allikni qisqartirish borasida boshlagan keng ko‘lamli ishlarni yangi bosqichga olib chiqib, bundan buyon ham barcha yo‘nalishlarda “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida islohotlar qat’iy davom ettiriladi”, deyiladi murojaatnomada.
Unga ko‘ra:
Ishsiz fuqarolarni o‘qitish va ishga joylash tashabbusini bildirgan faol tadbirkorlarga “ijtimoiy kontrakt” tizimi asosida qo‘shimcha imtiyozlar paketi taqdim etiladi.
“Ijtimoiy reyestr” tizimi doirasida kambag‘al oilalarni individual yondashuv asosida manzilli qo‘llab-quvvatlash dasturlarini jadal davom ettiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar, nuroniylar, alohida e’tiborga muhtoj aholi qatlamlariga mahallaning o‘zida yuzdan ortiq ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida aholi o‘zi tanlagan loyihalarga “ochiq budjet” tizimi orqali ajratilayotgan mablag‘lar hajmi keskin ko‘paytiriladi.
Inson kapitalini rivojlantirish uchun har bir shaxsning sifatli ta’lim va tibbiyot xizmatlaridan foydalanish huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlar kengaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi belgilangan edi. Bunda kambag‘allik yuqori bo‘lgan tumanlarda yo‘l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga e’tibor qaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0