Minskdagi MILEX-2023 ko‘rgazmasining ustuvor yo‘nalishlari

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishBespilotniki na 11-y mejdunarodnoy vistavke voorujeniya i voyennoy texniki MILEX-2023 v Minske.
Bespilotniki na 11-y mejdunarodnoy vistavke voorujeniya i voyennoy texniki MILEX-2023 v Minske. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi fonida uchuvchisiz uchadigan apparatlar hamda ularga qarshi kurashish vositalari mutaxassislar va xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. 17-20 may kunlari Minsk shahrida mudofaa va xavfsizlik sohasida harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha MILEX.INNOVATIONS 23 xalqaro ilmiy konferensiyasi bilan birlashgan holda MILEX-2023 xalqaro qurol va harbiy texnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Minsk Arena majmuasining 24 000 kvadrat metr maydonida mehmonlar – dunyoning 30 mamlakatidan 170 ta ishtirokchi tashkilot, 500 turdagi qurollar, harbiy va maxsus texnika: dronlar, zirhli texnika, raketa tizimlari, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, mudofaa va xavfsizlik texnologiyalarining barcha spektri mamnuniyat bilan kutib olinmoqda.
Ko‘rgazmada 177 ta namunalar birinchi marta taqdim etilmoqda. Mehmonlar orasida dunyoning deyarli barcha mintaqalari vakillari ham borligi bejiz emas.
Eng yorqin namunalar –“Burevestnik”, “Lovchiy”, “Chekan” va “Orion” razvedka-zarba dronlari, shuningdek, Hunter uchuvchisiz vertoloti, “Mirotvores” qarshi hujum droni va dronlarga qarshi kurashish uchun “Krechet” jangovar moduli.
“Berserk” robotlashtirilgan hujum tizimi ham e’tibordan holi qolmadi. MILEX-2023 ko‘rgazmasida 300 kmgacha bo‘lgan dunyoga mashhur “Polonez” zalp hujum reaktiv tizimi 52 km masofagacha ega bo‘lgan “Fleyta” ixcham reaktiv tizimi bilan to‘ldirildi. Mazkur raketa tizimi Belarus mudofaa sanoatiga tegishlidir.
Mag‘rur parvoz qilar “Burevestnik”
Belarus Respublikasida ishlab chiqarilgan “Burevestnik” uchuvchisiz uchadigan tizim 80 kg og‘irlikdagi foydali yukni – razvedka uskunalarini, sakkiztagacha S-5 raketalarini yoki ikkita kamikadze dronlarini ko‘tarishga qodir. Parvoz qilish balandligi –1000 metrgacha va vaqti –10 soatgacha. Radioaloqani yo‘qotmagan holda parvoz masofasi – 70 km gacha, retranslyator yordamida – 220 km gacha. Maksimal uchish og‘irligi 390 kg bo‘lgan qurilma qanotlarining uzunligi 9,24 metrni tashkil qiladi. Jiddiy vazifalar uchun kuchli mashina.
Belarusning eng yaxshi “Lovchiy” va “Chekan” dronlari masofasi, foydali yuki va jangovar foydalanish taktikasi bilan farqlanib turadi. “Lovchiy” droni havoda 8 soatgacha parvozda bo‘lish imokniyatiga ega. U 70 km radiusda ishlaydi, og‘irligi 20 kg gacha bo‘lgan yengil raketalar yoki havo bombalarini olib yuradi.
Ixcham kamikadze-dron “Chekan” statsionar, harakatlanuvchi yerusti nishonlarini –dushman askarlari va texnikasini (kunduz kuni) aniqlash va yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Parvozni avtomatik boshqarish rejimiga ega. Taktik harakat masofasi – 25 km gacha. Parvoz davomiyligi –1000 metrgacha balandlikda 45 daqiqagacha, tezligi – soatiga 140 km. Dronning og‘irligi 12 kg, jangovar zaradi 2,5 kg gacha.
Belarusning "Hunter" uchuvchisiz razvedka-zarba vertoloti to‘liq robotlashtirilgan bo‘lib, sakkizta boshqarilmaydigan raketalar uchun ikkita uchirish moslamasi va 2,5 kg kalibrli 16 tankka qarshi bomba bilan jihozlangan.
Bortda, shuningdek, 7,62 mm kalibrli Kalashnikov pulemoti (PKMT) bilan masofadan boshqariladigan turel, 550 ta o‘q-dorilar mavjud. Qurilma ballistik kalkulyator, oltita kunduzgi/tungi aylanma kameralar, radiolokatsion raketalardan himoya qiluvchi stansiya va shovqin to‘siqlarni generatsiyalash tizimiga ega. Maksimal parvoz og‘irligi –750 kg, parvoz davomiyligi –6 soatgacha, amaliy balandligi – 3500 metr. Dahshatli qurol.
Rossiyaning uchuvchisiz “Orion”i 2019-yildan beri serialab ishlab chiqariladi, jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tkazilgan va alohida ta’rifni talab qilmaydi. Sun’iy yo‘ldosh nazorati yordami bilan masofa – 4000 km gacha – faqat yoqilg‘i ta’minoti bilan cheklangan. Parvoz davomiyligi – 24 soatgacha, balanligi – 8000 metrgacha, tezligi – 200 km / soat. “Orion” jangovar yuki – 200 kg gacha (yuqori aniqlikdagi raketa quroli).
Qudratli “Mirotvores“ va boshqalar
“Mirotvores” mobil qarshi hujum tizimi shovqin to‘sqinligi sharoitida past va o‘rta balandliklarda dronlarga qarshi turish uchun mo‘ljallangan.
Tizim tarkibiga 9A33-2B jangovar mashina, 9M33M3 boshqariladigan zenit raketalari, U-GCS boshqarish yerusti stansiyasi, KR120 ishga tushiruvchi moslamasi, “Berkut” hujumchi dronlari, aloqa va transport vositalari kiradi. Bu Belarus mudofaa sanoatining ajoyib ihtirosi.
MILEX-2023 ko‘rgazmasida birinchi marta “Krechet” dronlariga qarshi kurash bo‘yicha Belarusning yangi jangovar moduli taqdim etildi. U havoni aylana ravishda nazorat qilishga, kichik dronlarni aniqlashga va ularni yo‘q qilishga qodir.
Jangovar modul “Kayman” zirhli mashinasiga o‘rnatilgan, bortda “Globus” aylanma radar va pulemotli avtomatlashtirilgan (masofadan boshqariladigan) kuzatuv-hujum tizimi (ADUNOK) mavjud. Dushman dronlarining maksimal uzoqlikdagi aniqlash masofasi 6 km, samarali hujum masofasi 500 metr. Chuqurligi 500 dan 1000 metrgacha bo‘lgan uzoq hududdagi uchuvchisiz uchadigan apparatlarga qarshi kurashish uchun maxsus tutuvchi dron ishga solinadi.
Minskdagi ko‘rgazmaning yana bir texnologik durdonasi – GShG-7.62 havo pulemoti (o‘q zaxirasi – 3000 ta patron) bilan jihozlangan “Berserk” o‘ziyurar robotlashtirilgan zarba tizimi. Masofadan (5 km gacha) operator tomonidan boshqariladigan kompleks 1000 metrgacha uzoqlikdagi masofada mo‘ljalga zarba berishga qodir.
“Berserk” mos ravishda 6 km va 10 km masofada dushman zirhli texnikasi va vertolotlarini aniqlay oladi. Mashina yuqori o‘tkazish, 60 daqiqagacha avtonomlik holatini saqlash qobiliyatiga, 30 km gacha quvvat zaxirasiga ega.
MILEX-2023 texnologik yo‘nalishlarining asosiy benefitsiarlari va yetkazib beruvchilari haqli ravishda Belarus va Rossiya bo‘lib, ularning har biri 150 ga yaqin eksponatlarni, ya’ni ko‘rgazmada barcha qurol va jihozlarning yarmidan ko‘pini taqdim etdi.
Rossiya ko‘rgazmalari, birinchi navbatda, keng turdagi samolyotlar, jumladan, “import almashtirilgan” MS-21 va "Superjet" laynerlari bilan qiziqarli.
Minskdagi rossiyalik mutaxassislar beloruslik ishlab chiqaruvchilar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aviatsiya butlovchi qismlar, yig‘ma va agregatlarni yetkazib berish hajmini oshirishga intilmoqda. Belarus Respublikasi hududida respublikaga keltirilgan Rossiya samolyotlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish maydonlarini yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Belarus tomoni maxsus harbiy operatsiya fonida Rossiyaga harbiy texnika yetkazib berishni sezilarli darajada oshirdi. Gap yuzlab million dollarlar haqida ketmoqda.
Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko MILEX-2023 ishtirokchilari va mehmonlariga murojaat qilar ekan, ko‘rgazmaning asosiy maqsadlari – tajriba almashish, xalqaro harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, barcha mamlakatlarda tinchlik va barqarorlikni saqlash ekanini eslatdi. MILEX-2023 ochilishida Ittifoq davlat kotibi Dmitriy Mezensev Belarus va Rossiyaning mudofaa salohiyatining o‘sishi haqida gapirdi.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Birlashgan qarorgohi rahbari, general-polkovnik Anatoliy Sidorov Belarus qurolli kuchlarining Minskdagi yutuqlarini yuqori baholadi.
Yangiliklar lentasi
0