https://oz.sputniknews.uz/20230510/samarqand-yongin-bir-nafar-fuqaro-jarohat-34787100.html
Samarqanddagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi — tafsilotlar
Samarqanddagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida aholiga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in portlash sodir bo‘ldi.
2023-05-10T08:21+0500
2023-05-10T08:21+0500
2023-05-10T12:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
yong‘in
gaz portlashi
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/10/25370488_0:0:720:405_1920x0_80_0_0_5b1cc30960efa11012ce28c9b5b52456.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi aholiga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati oldi, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.Tumanning “Yangiobod” MFYda joylashgan aholiga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida 9-may kuni soat 21:25 da yong‘in portlash sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni soat 22:30 qurshab olgan va soat 23:00 da bartaraf etgan.Hodisa shoxobchadagi “MAN” rusumli suyultirilgan gaz tashuvchi avtomashinadan gazni zaxira sig‘imiga bo‘shatish jaronida texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.Qayd etilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga FVV, IIB, SSB va tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/10/25370488_66:0:679:460_1920x0_80_0_0_98b7186dd61b6cff1b7d2ddc8e25a2d4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston samarqand viloyati gaz yong‘in portlash
o‘zbekiston samarqand viloyati gaz yong‘in portlash
Samarqanddagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi — tafsilotlar
08:21 10.05.2023 (yangilandi: 12:50 10.05.2023) Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida aholiga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in portlash sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi aholiga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati oldi, deya xabar berdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Tumanning “Yangiobod” MFYda joylashgan aholiga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida 9-may kuni soat 21:25 da yong‘in portlash sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni soat 22:30 qurshab olgan va soat 23:00 da bartaraf etgan.
“Yong‘in natijada gaz quyish shoxobchasi hududida bo‘lgan 3 ta “ISUZU” rusumli avtomashina va ularda sig‘imi 50 litrli suyultirilgan uglevodorod gazlari bo‘lgan ballonlar yonib zararlangan”, - deyiladi xabarda.
Hodisa shoxobchadagi “MAN” rusumli suyultirilgan gaz tashuvchi avtomashinadan gazni zaxira sig‘imiga bo‘shatish jaronida texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.
Qayd etilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga FVV, IIB, SSB va tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.