“Hujumga aniq xatti-harakatlar bilan javob qaytaramiz”: Lavrov Hindistonda nimalar dedi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov na zasedanii Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SMID ShOS) na Goa.
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov na zasedanii Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SMID ShOS) na Goa.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Obuna bo‘lish
ShHT mamlakatlari o‘zaro hisob-kitobda milliy valyutalarga o‘tish borasida ish olib bormoqda, Moskva Kiyevning Kremlga uyushtirgan hujumiga aniq xatti-harakatlar bilan javob qaytaradi - Rossiya TIV rahbarining asosiy fikrlari bilan maqolamizda tanishing.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Hindistonda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashida (ShHT TIVK) ishtirok etdi. Uning yakunlari bo‘yicha vazir jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Quyida Lavrovning asosiy bayonotlarini keltiramiz.

ShHT mamlakatlarining o‘zaro hamkorligi

ShHT mamlakatlari hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanish borasida bir nuqtayi nazarga kelishdi: “Bu ish ketmoqda, uni umuman olganda to‘xtatib bo‘lmaydi”.
Tashkilotning navbatdagi sammiti iyun-iyul oyiga rejalashtirilgan. Hozir davlat rahbarlarining yakuniy ish jadvali ustida ish olib borilmoqda. Unda salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinadi.

Afg‘onistondagi vaziyat

Hindistondagi uchrashuvda vazirlar toliblarning* maqomi noaniqligi sabab uzoq vaqtdan beri yig‘ilmagan ShHT-Afg‘oniston ishchi guruhini faollashtirishga kelishib olishdi.
ShHT Afg‘oniston hukumatidan va’dalarini bajarishni kutapti: inklyuziv hukumat tuzish va unda barcha siyosiy kuchlarning bo‘lishi. Hozir bu amalga oshirilmagan.
Mamlakat ishlariga yana AQSh aralashishishga urinmoqda va vaziyat zudlik bilan choralar ko‘rishni talab etadi. Amerikaliklar toliblarga* qarshi kurashayotgan terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlayotgani haqida ishonchli dalillar bor.
Shuningdek, Vashington Afg‘oniston atrofidagi mintaqada yana o‘zining harbiy infratuzilmasini bunyod etish urishlarini qo‘ymayapti va Moskva bunga qattiq qarshilik qiladi.

Kremlga uyushtirilgan hujum haqida

Kremlga zarba – bu Kiyev G‘arb xo‘jayinlari ijozatisiz sodir etishi mumkin bo‘lmagan dushmanona xatti-harakat: “Biz bu casus belli yoki yo‘qligi haqidagi gaplar bilan javob bermaymiz. Biz aniq xatti-harakatlar bilan javob qaytaramiz”.

Ukrainadagi inqirozni hal etish haqida

Rossiya AQSh va malaylarining Ukrainani Rossiyaga qarshi qayrash uchun qurol-yarog‘ bilan ta’minlashi natijasida yuzaga kelgan muammolarni hal etishni bo‘yin tovlamaydi. Biroq ularni ayrimlar xohlayotgani kabi faqat Donbassdagi tutashuv chiziqlariga tayanib hal etib bo‘lmaydi: “Hamma bo‘lib o‘tayotgan voqealarning geosiyosiy xususiyatini tushunadi”.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning jamoasi har qanday mamlakat u bilan muloqot qilishni istamasligi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilyapti. Zelenskiy G‘arb qo‘lidagi qo‘g‘irchoq. Bu bois inqiroz bevosita uning xo‘jayinlari bilan hal etilishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0