https://oz.sputniknews.uz/20230504/namangan-davlat-orik-eksport-34614666.html
Namangan beshta davlatga o‘rik eksportini boshladi — foto
Namangan beshta davlatga o‘rik eksportini boshladi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Namangan viloyatining Pop tumanida o‘rikning o‘zidan 1000 tonna atrofida hosil olish va xorij davlatlariga eksport qilishni rejalashtirilgan.
2023-05-04T16:07+0500
2023-05-04T16:07+0500
2023-05-04T16:17+0500
o‘zbekiston
namangan
eksport
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34615305_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7c62bc285a565b678955ff3e5d3130f4.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Namangan viloyatining Pop tumanida Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, BAA, Janubiy Koreya davlatlariga mavsumda birinchilardan bo‘lib sifatli o‘rik mevasi eksporti boshlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot kotibi Farhod Mamadaliyev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Qayd etilishicha, unumsiz toshloq yerlarni o‘zlashtirish dasturi asosida tashkil etilgan Pop tumanidagi “Nuran uz" meva-sabzavotchilik klasteri bu yilgi o‘rik eksportini boshladi.Uning qo‘shimcha qilishicha, tumandagi yerlar yaroqsiz holatdan yashil maskanga aylantirilgan. Maydonga 4 ta quduq qazilib, 102 gektar hududda tomchilatib sug‘orish yo‘li bilan Ispaniya davlatidan keltirilgan ertapishar, hosildor o‘rik, shaftoli, na’matak navlari ekilgan.Shuningdek, Namangan viloyatining Chortoq tumani Oq ariq mahallasida Rossiya bilan hamkorlikda yirik mevachilik klasteri qurish loyihasi bo‘yicha ishlar boshlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34615305_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_deefd9ff2f7240ec09e11b27f67a618f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston namangan viloyati pop o‘rik eksport
o‘zbekiston namangan viloyati pop o‘rik eksport
Namangan beshta davlatga o‘rik eksportini boshladi — foto
16:07 04.05.2023 (yangilandi: 16:17 04.05.2023) Namangan viloyatining Pop tumanida o‘rikning o‘zidan 1000 tonna atrofida hosil olish va xorij davlatlariga eksport qilishni rejalashtirilgan.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Namangan viloyatining Pop tumanida Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, BAA, Janubiy Koreya davlatlariga mavsumda birinchilardan bo‘lib sifatli o‘rik mevasi eksporti boshlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot kotibi Farhod Mamadaliyev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, unumsiz toshloq yerlarni o‘zlashtirish dasturi asosida tashkil etilgan Pop tumanidagi “Nuran uz" meva-sabzavotchilik klasteri bu yilgi o‘rik eksportini boshladi.
“Hozirda 500 nafar mavsumiy 50 nafar doimiy ishchi o‘rni yaratgan meva-sabzavotchilik klasteri bu yilgi mavsum davomida o‘rikning o‘zidan 1000 tonna atrofida hosil olish va xorij davlatlariga eksport qilishni rejalashtirilgan”, - deydi Farhod Mamadaliyev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tumandagi yerlar yaroqsiz holatdan yashil maskanga aylantirilgan.
Maydonga 4 ta quduq qazilib, 102 gektar hududda tomchilatib sug‘orish yo‘li bilan Ispaniya davlatidan keltirilgan ertapishar, hosildor o‘rik, shaftoli, na’matak navlari ekilgan.
Shuningdek, Namangan viloyatining Chortoq tumani Oq ariq mahallasida Rossiya bilan hamkorlikda yirik mevachilik klasteri qurish loyihasi bo‘yicha ishlar boshlangan.