Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Mirziyoyev MDH bosh kotibini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Sergey Lebedev
Shavkat Mirziyoyev i Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti ko‘p qirrali hamkorlikni ilgari surishda MDHning ahamiyatini qayd etdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Konstitutsiya bo‘yicha referendumni kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatda bo‘lib turgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.
Davlat rahbari Hamdo‘stlik bosh kotibi va missiya a’zolariga mamlakatning barcha hududlarida faol ishlagani hamda referendumning borishi va natijalariga yuksak baho bergani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Nufuzli mintaqaviy tashkilot rahbari, o‘z navbatida, O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqini referendum jarayonlari yuksak xalqaro talablari va standartlariga muvofiq muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan dildan qutladi.
Referendum yakunlari Yangi O‘zbekistonni barpo etish va mamlakatda demokratik yangilanishlarni davom ettirishda muhim bosqich bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, sanoat va transport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashda MDHning muhim o‘rni qayd etildi. Hamdo‘stlik makonida investitsiyalar jadal sur’at bilan o‘sayotgani ta’kidlandi, joriy yilning mart oyida Samarqand shahrida o‘tgan Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisining samarali natijalari yuqori baholandi.
Faol gumanitar almashinuvlarni bundan buyon ham davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Urna golosovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Referendum — 2023
Referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0