https://oz.sputniknews.uz/20230501/referendum-yakuniy-natijalar-34515633.html
Referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi
Referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
MSK referendumning yakuniy natijalarini e’lon qildi.
2023-05-01T17:17+0500
2023-05-01T17:17+0500
2023-05-02T09:05+0500
referendum — 2023
siyosat
o‘zbekiston
referendum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/01/34518053_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_f93be5d5ebe974b890449e4c13767b7f.jpg
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 foizi qo‘llab-quvvatladi. Ovoz beruvchilarning 9,35 foizi qarshi ovoz bergan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, kecha o‘tkazilgan referendumda 16 667 097 nafar (84,51%) ovoz beruvchi qatnashdi. Jumladan, 611 320 kishi muddatidan oldin ovoz bergan. Ularning 15 034 608 nafari (90,21%) qonunni ma’qulladi. Ovoz beruvchilarning 1 558 817 nafari (9,35%) yangi tahrirdagi Konstitutsiyani ma’qullamadi. 73 672 ta bulleten yaroqsiz deb topilgan.30 aprel kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib bordi.Referendumda 20 milliondan oshiq fuqaro ishtirok etish huquqiga ega edi.Referendum jarayonlarida 964 nafar OAV vakili ishtirok etdi. Ularning 772 nafari mahalliy, 192 nafari chet ellik vakillar.Referendum uchastkalari o‘z faoliyatini 20:00 ga qadar davom ettirdi.Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqildi. Ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/01/34518053_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_8173277d71223ed7151ea1859d16d923.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
referendum-2023
Referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi
17:17 01.05.2023 (yangilandi: 09:05 02.05.2023) MSK referendumning yakuniy natijalarini e’lon qildi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 foizi qo‘llab-quvvatladi. Ovoz beruvchilarning 9,35 foizi qarshi ovoz bergan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ma’lum qildi.
“Referendumning yakuniy xulosalariga ko‘ra, unda ovoz beruvchilarning ishtiroki 84,51 foizni tashkil etdi, 16 million 667 ming 097 kishi ovoz berdi”, — dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev.
Ta’kidlanishicha, kecha o‘tkazilgan referendumda 16 667 097 nafar (84,51%) ovoz beruvchi qatnashdi. Jumladan, 611 320 kishi muddatidan oldin ovoz bergan. Ularning 15 034 608 nafari (90,21%) qonunni ma’qulladi. Ovoz beruvchilarning 1 558 817 nafari (9,35%) yangi tahrirdagi Konstitutsiyani ma’qullamadi. 73 672 ta bulleten yaroqsiz deb topilgan.
30 aprel kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib bordi.
Referendumda 20 milliondan oshiq fuqaro ishtirok etish huquqiga ega edi.
Referendum jarayonlarida 964 nafar OAV vakili ishtirok etdi. Ularning 772 nafari mahalliy, 192 nafari chet ellik vakillar.
Referendum uchastkalari o‘z faoliyatini 20:00 ga qadar davom ettirdi.
Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqildi. Ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatildi.