https://oz.sputniknews.uz/20230501/aprel-inflyatsiya-34513833.html
Aprel oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil etdi
Aprel oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil etdi
Sputnik O‘zbekiston
Aprel oyida inflyatsiya 0,8 foizni, 2022-yil dekabriga nisbatan 3,3 foizni, yillik ko‘rsatkichda (o‘tgan yilning apreliga nisbatan) 11 foizni tashkil etdi.
2023-05-01T17:51+0500
2023-05-01T17:51+0500
2023-05-01T17:51+0500
iqtisod
inflyatsiya
statistika agentligi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/01/22483053_0:149:3113:1900_1920x0_80_0_0_e00281cecf9a97b676498c51045dbc1d.jpg
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil etdi. Bundan Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.Qayd etilishicha, oxirgi besh yil ichida aprel oyidagi ko‘rsatkich faqat joriy yildagina past bo‘lgan.Dastlabki to‘rt oyda rasmiy inflyatsiya 3,3 foizni, yillik inflyatsiya esa 11 foizni tashkil etdi. Natijada yillik ko‘rsatkich o‘tgan mart oyiga nisbatan 0,7 foizga pasaygan.Bu davrda tovarlar bo‘yicha inflyatsiya 0,9 foizni, xizmatlar bo‘yicha esa 0,5 foizni tashkil etdi.Shuningdek, aprelda oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari esa 0,5 foizga oshgan.Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarning o‘sishi bo‘yicha yana yetakchi bo‘ldi — 1,2 foiz.Meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha baland narx mevalar va yong‘oqlar (11,5 foiz), sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkaklilar (17,6 foiz) hamda shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (5,6 foiz)da kuzatilgan.Aprel oyida, yil boshidan beri birinchi marta sabzavotlar, ildizmevali va dukkakli ekinlar narxi 0,8 foizga pasaygan. Xususan, baqlajon (0,7 foiz), turp (1,4 foiz), qovoq (2,4 foiz), kartoshka (2,8 foiz), ko‘katlar (3 foiz), qalampir (4 foiz), piyoz (12,4 foiz) va bodring (52,9 foiz) narxi arzonlashgan. Shu bilan birga, lavlagi (4,1 foiz), sarimsoq (4,5 foiz), karam (7,8 foiz), sabzi (13,2 foiz), pomidor (21,3 foiz) va banan (39,6 foiz) qimmatlashgan.Turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash materiallari bo‘yicha narxlar 2,1 foizni tashkil etdi.Uy-joy ijarasi aprel oyida 0,1 foizga past bo‘ldi. Turar joylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha inflyatsiya 2,1 foizga yetdi. Dori vositalari esa 1,9 foizni tashkil etdi.Aprelda o‘tgan oydagi kabi benzin va propan narxlarida pasayish qayd etildi. Benzin narxlari 6,3 foiz darajasida, propan 7,1 foizda shakllandi.Bu davrda havo transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha o‘tgan oyga nisbatan inflyatsiya 2,7 foizni, temir yo‘l va avtomobil transportida esa 0,5 foizni tashkil etdi.Joriy yilning aprelida umumiy ovqatlanish sohasida inflyatsiya 0,9 foizni ko‘rsatdi.Narx o‘sishi faqatgina mehmonxonalar xizmatlarida (0,4 foiz) qayd etilgan bo‘lsa, dam olish markazlari va sanatoriylar xizmatlari bo‘yicha narxlar joriy yilning martidagi darajada qoldi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/01/22483053_190:0:2921:2048_1920x0_80_0_0_6e8e67aa9ddea92ef7c11c516a655233.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aprel inflyatsiya o‘zbekiston
aprel inflyatsiya o‘zbekiston
Aprel oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil etdi
Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil etdi. Bundan Statistika agentligi ma’lumotlari
darak bermoqda. Qayd etilishicha, oxirgi besh yil ichida aprel oyidagi ko‘rsatkich faqat joriy yildagina past bo‘lgan.
Dastlabki to‘rt oyda rasmiy inflyatsiya 3,3 foizni, yillik inflyatsiya esa 11 foizni tashkil etdi. Natijada yillik ko‘rsatkich o‘tgan mart oyiga nisbatan 0,7 foizga pasaygan.
Bu davrda tovarlar bo‘yicha inflyatsiya 0,9 foizni, xizmatlar bo‘yicha esa 0,5 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, aprelda oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari esa 0,5 foizga oshgan.
Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarning o‘sishi bo‘yicha yana yetakchi bo‘ldi — 1,2 foiz.
Meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha baland narx mevalar va yong‘oqlar (11,5 foiz), sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkaklilar (17,6 foiz) hamda shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (5,6 foiz)da kuzatilgan.
Aprel oyida, yil boshidan beri birinchi marta sabzavotlar, ildizmevali va dukkakli ekinlar narxi 0,8 foizga pasaygan. Xususan, baqlajon (0,7 foiz), turp (1,4 foiz), qovoq (2,4 foiz), kartoshka (2,8 foiz), ko‘katlar (3 foiz), qalampir (4 foiz), piyoz (12,4 foiz) va bodring (52,9 foiz) narxi arzonlashgan. Shu bilan birga, lavlagi (4,1 foiz), sarimsoq (4,5 foiz), karam (7,8 foiz), sabzi (13,2 foiz), pomidor (21,3 foiz) va banan (39,6 foiz) qimmatlashgan.
Turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash materiallari bo‘yicha narxlar 2,1 foizni tashkil etdi.
Uy-joy ijarasi aprel oyida 0,1 foizga past bo‘ldi. Turar joylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha inflyatsiya 2,1 foizga yetdi. Dori vositalari esa 1,9 foizni tashkil etdi.
Aprelda o‘tgan oydagi kabi benzin va propan narxlarida pasayish qayd etildi. Benzin narxlari 6,3 foiz darajasida, propan 7,1 foizda shakllandi.
Bu davrda havo transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha o‘tgan oyga nisbatan inflyatsiya 2,7 foizni, temir yo‘l va avtomobil transportida esa 0,5 foizni tashkil etdi.
Joriy yilning aprelida umumiy ovqatlanish sohasida inflyatsiya 0,9 foizni ko‘rsatdi.
Narx o‘sishi faqatgina mehmonxonalar xizmatlarida (0,4 foiz) qayd etilgan bo‘lsa, dam olish markazlari va sanatoriylar xizmatlari bo‘yicha narxlar joriy yilning martidagi darajada qoldi.