Rossiya iqtisodi sanksiyalarga chidamli bo‘lib chiqdi — XVJ

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishTeploxod u Kremlovskoy naberejnoy na Moskve-reke. Segodnya otkrita passajirskaya navigatsiya po Moskve-reke na uchastke ot mosta "Bagration" do Yujnogo rechnogo vokzala.
Teploxod u Kremlovskoy naberejnoy na Moskve-reke. Segodnya otkrita passajirskaya navigatsiya po Moskve-reke na uchastke ot mosta Bagration do Yujnogo rechnogo vokzala. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya iqtisodiyoti, g‘arbdagi ekspertlar bashorat qilganidan ko‘ra, sanksiyalarga chidamliroq bo‘lib chiqdi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Yevropadagi iqtisodiy vaziyat haqidagi hisobotiga ko‘ra, Rossiya tashqi sanksiyalar bosimiga kutilganidan ko‘ra yaxshiroq dosh bergan. RIA Novosti xabariga asosan.

“Rossiya iqtisodi, ko‘plab ekspertlar bashorat qilganidan farqli o‘laroq, sanksiyalarga chidamli bo‘lib chiqdi.O‘tgan yilning ikkinchi choragidagi keskin pasayishdan so‘ng, iqtisodiyot uchinchi va to‘rtinchi choraklarda kuchli tiklanib, 2022-yilda ishlab chiqarishning pasayishi atigi 2,1 %ni tashkil qildi”, — deb qayd etdi hujjat mualliflari.

Ular o‘tgan yil oxiridagi natijalarni neft eksporti barqarorligi bilan izohladi. Bundan tashqari, narxlarning ko‘tarilishi fonida Rossiya neft va gaz sanoati yetkazib berish hajmini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgani qayd etildi.
Shu bilan birga, XVJ 2023-yilda neft va gaz narxining pasayishi tufayli soliq tushumlarining keskin kamayishini kutmoqda. Shu bilan birga, jamg‘arma prognozlariga ko‘ra, Rossiya YaIM 0,7 %ga o‘sadi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkinning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda Rossiya yalpi ichki mahsulotining o‘sishi bir foizdan ikki foizgacha bo‘ladi.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Predsedatel Sentralnogo banka RF Elvira Nabiullina. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
AQSh Federal zaxirasi rahbari Elvira Nabiullinani yuqori baholadi
Yangiliklar lentasi
0