https://oz.sputniknews.uz/20230427/aqsh-fedrezerv-elvira-nabiullina-yuqori-baho-34351206.html
AQSh Federal zaxirasi rahbari Elvira Nabiullinani yuqori baholadi
AQSh Federal zaxirasi rahbari Elvira Nabiullinani yuqori baholadi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Federal rezerv tizimi rahbari Rossiya Markaziy banki rahbarini o‘ta qobiliyatli va aqlli mutaxassis deb atadi.
2023-04-27T21:43+0500
2023-04-27T21:43+0500
2023-04-28T13:49+0500
rossiya
elvira nabiullina
aqsh
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/09/15565228_0:0:2914:1640_1920x0_80_0_0_7b47d061778e6738d0647a8076fce840.jpg
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) rahbari Jerom Pauell Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar ishlamayotganini va Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaning faoliyatini yuqori baholadi. Pauell buni rossiyalik prankerlar Leksus (Aleksey Stolyarov) va Vovan (Vladimir Kuznetsov) bilan telefon suhbati vaqtida ma’lum qildi. Rossiyaliklar unga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy nomidan qo‘ng‘iroq qilishgan.Suhbat chog‘ida Pauell Amerika iqtisodiyotidagi muammolar haqida gapirdi va qo‘shimcha xarajatlar uchun mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qildi. Bundan tashqari, u G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari samara bermaganini tan oldi va Markaziy bank raisi Elvira Nabiullinani olqishladi."Biz deyarli hamma joyda sanksiyalar kiritdik, ammo ular yana ularning oldini olish uchun hamma narsani qilishmoqda", - deya qo‘shimcha qildi u.Ma’lumot uchun, Vovan va Leksus muntazam ravishda mashhur odamlarga birovlar nomidan qo‘ng‘iroq qilib, muhim xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan voqealar yuzasidan ularning asl fikrini bilib olishga harakat qilishadi. Masalan, aprel oyida ular Ukrainaning sobiq rahbari Potr Poroshenko nomidan Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Ollandga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi mojaroni muhokama qilishgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/09/15565228_213:0:2798:1939_1920x0_80_0_0_ca00587c88d0cb9150987e075bfa36a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh rossiya federal rezerv fedrezerv rossiya banki nabiullina pauell
aqsh rossiya federal rezerv fedrezerv rossiya banki nabiullina pauell
AQSh Federal zaxirasi rahbari Elvira Nabiullinani yuqori baholadi
21:43 27.04.2023 (yangilandi: 13:49 28.04.2023) Federal Rezerv tizimi rahbari Rossiya Markaziy banki rahbarini o‘ta qobiliyatli va aqlli mutaxassis deb atadi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) rahbari Jerom Pauell Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar ishlamayotganini va Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaning faoliyatini yuqori baholadi.
Pauell buni rossiyalik prankerlar Leksus (Aleksey Stolyarov) va Vovan (Vladimir Kuznetsov) bilan telefon suhbati vaqtida ma’lum qildi. Rossiyaliklar unga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy nomidan qo‘ng‘iroq qilishgan.
Suhbat chog‘ida Pauell Amerika iqtisodiyotidagi muammolar haqida gapirdi va qo‘shimcha xarajatlar uchun mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qildi. Bundan tashqari, u G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari samara bermaganini tan oldi va Markaziy bank raisi Elvira Nabiullinani olqishladi.
"Rossiya Markaziy banki rahbarini hammamiz bilamiz, U nihoyatda qobiliyatli mutaxassis, juda bilimli va aqlli”, - dedi Pauell. FZX rahbari so‘zlariga ko‘ra, Nabiullina sanksiyalar Moskvaga ta’sir qilmasligi uchun hamma ishni qilishga tayyor.
"Biz deyarli hamma joyda sanksiyalar kiritdik, ammo ular yana ularning oldini olish uchun hamma narsani qilishmoqda", - deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, Vovan va Leksus muntazam ravishda mashhur odamlarga birovlar nomidan qo‘ng‘iroq qilib, muhim xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan voqealar yuzasidan ularning asl fikrini bilib olishga harakat qilishadi. Masalan, aprel oyida ular Ukrainaning sobiq rahbari Potr Poroshenko nomidan Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Ollandga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi mojaroni muhokama qilishgan edi.