Qurbonov Hindistonda ShHT mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etmoqda

© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanSoveshanie ministrov oboroni gosudarstv-chlenov ShOS
Soveshanie ministrov oboroni gosudarstv-chlenov ShOS  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda mudofaa vazirlari mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik, ShHT doirasida terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etmoqda, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Shuningdek, yig‘ilishda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirlari ham qatnashmoqda.
Hindiston ShHT kuzatuvchilari maqomida bo‘lgan Belarus va Eronni ham taklif etgan. Pokiston mudofaa vaziri yig‘ilishda onlayn qatnashmoqda.
Yig‘ilishda mudofaa vazirlari mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik, ShHT doirasida terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0