Muhammad Yusuf hayoti va ijodi
18:30 25.04.2023 (yangilandi: 14:09 26.04.2023)
© Ochiq manbaalarMuhammad Yusuf
© Ochiq manbaalar
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tarjimai holi, hayot yo‘li va ijodiy me’rosi haqida batafsil Sputnik materialida tanishing.
Muhammad Yusuf — tarjimai holi
Muhammad Yusuf 1954-yili 26-aprel kuni Andijonning Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada tavallud topgan.
Muhammad Yusuf bolaligidan adabiyotga qiziqqan. 1978-yilda Rus tili va adabiyoti instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti)ni tamomlagan.
***
Nechun qulluq qilmay Andijonga men
– Shu yurtda tug‘ildim, shu yurtda o‘sdim.
Agar do‘stim bo‘lsa bitta u do‘stim –
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
Yodimga o‘t tushsin, etmasam yodlar –
Dukchi eshonlari qilgay farѐdlar.
Uni tavof etgan Mashrabdek zotlar,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.
– Shu yurtda tug‘ildim, shu yurtda o‘sdim.
Agar do‘stim bo‘lsa bitta u do‘stim –
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
Yodimga o‘t tushsin, etmasam yodlar –
Dukchi eshonlari qilgay farѐdlar.
Uni tavof etgan Mashrabdek zotlar,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.
Muhammad Yusufning ijodiy faoliyati
1976 — bo‘lajak shoirning talabalik yillarida yozilgan she’lari ilk bor “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligida bosilgan.
1978– 1980 — respublika “kitobsevarlar” jamiyatida ishlagan.
1980– 1986 — poytaxtning “Toshkent oqshomi” gazetasida ishlat tajriba orttirgan.
1986–1992 — G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiѐt va san’at nashriyotida xizmat qiladi.
1992–1995 — “O‘zbekiston ovozi” gazetasida, O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA)da xizmat qildi.
1997 – O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari
© Ochiq manbaalarMuhammad Yusuf
Muhammad Yusuf
© Ochiq manbaalar
Muhammad Yusuf she’riy to‘plamlari
Muhammad Yusufning she’rlari matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo‘lsa-da, shoirning birinchi she’riy to‘plami 1985-yilda chop etilgan.
1985 — “Tanish teraklar” she’riy to‘plami. Ushbu to‘plamda turli mavzudagi she’rlar, asosan shoirning bolaligida eshitgan hikoya va ertaklari, o‘smirlik yillari, ona qishlog‘i mavzulari yoritilgan.
***
Kechagina qishloqdagi qizlar bari
Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi.
Qarashmasa, uylariga tunda kelib
Toshlar otib qochar edim — yarashlardi.
Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi.
Qarashmasa, uylariga tunda kelib
Toshlar otib qochar edim — yarashlardi.
1987 - “Bulbulga bir gapim bor” she’riy to‘plami.
***
Ko‘nglim sezar endi buyog‘i ayon.
Do‘stlarim, do‘stlarim, baxtli bolaman!
Yo Toshkentda eng zo‘r shoir bo‘laman,
Yo qishloqqa qaytib ariq bo‘yida
Yalpizga suyanib, o‘lib qolaman
Do‘stlarim, do‘stlarim, baxtli bolaman!
Yo Toshkentda eng zo‘r shoir bo‘laman,
Yo qishloqqa qaytib ariq bo‘yida
Yalpizga suyanib, o‘lib qolaman
1988 yil — “Iltijo” she’riy to‘plami
1989 yil — “Uydagi qiz”, “Halima enam allalari” she’riy to‘plamlari
1990 yil — “Ishq kemasi”
1990 yil — “Ko‘nglimda bir yor”
1991 — “Bevafo ko‘p ekan”
1992 — “Yolg‘onchi yor”, “Erka kiyik”,
1998 — “Osmonimga olib ketaman”.
Muhammad Yusuf “Osmonning oxiri”, “Qora quyosh” singari dostonlar yaratdi.
Mustaqillik yillarida yaratgan she’rlari
Shoirning “Vatanim”, “Xalq bo‘l, elim”, “Dunѐ”, “Inshoolloh”, “O‘zbekmomo”, “Iqror”, “Tilak” singari o‘nlab she’rlari chop etildi.
1996 yil shoir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi. Avvaliga adabiy maslahatchi, 1997-yildan to umrining oxirigacha uyushma raisi o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.
© Ochiq manbaalarMuhammad Yusuf
Muhammad Yusuf
© Ochiq manbaalar
Muhammad Yusuf vafoti
Muhammad Yusuf 2001-yil 31-iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumaniga qilingan ijodiy safar chog‘ida, yuzlab muxlislari bian uchrashuv paytida yurak xurujidan vafot etdi. Muhammad Yusuf Andijon viloyatida dafn etilgan.
Shoirning she’rlari uning vafotidan keyin ham chop etilgan. “Ulug‘imsan, Vatanim” (2004), “Saylanma” (2007), “Xalq bo‘l, elim” (2009) she’riy kitoblari nashr etilgan.
***
Ol, deya bir kun Egam,
Osmonga uchsa ruhlarim.
Bir ajib moviy diyor,
Bo‘yini quchsa ruhlarim.
Ko‘k mening ko‘ksim bo‘lur
Yulduzlari anduhlarim.
Gul o‘pib, gul yopinib,
Har dilda mozorim qolur,
Men ketarman bir kuni,
Navolarim zorim qolur...
Osmonga uchsa ruhlarim.
Bir ajib moviy diyor,
Bo‘yini quchsa ruhlarim.
Ko‘k mening ko‘ksim bo‘lur
Yulduzlari anduhlarim.
Gul o‘pib, gul yopinib,
Har dilda mozorim qolur,
Men ketarman bir kuni,
Navolarim zorim qolur...
Muhammad Yusuf oilasi
Muhammad Yusuf shoira Nazira as-Salom bilan 1983-yilda turmush qurishgan. Ma’suda, Nozimaxon va Madina ismli 3 farzand ko‘rishgan.
Bu yil 26-aprel – shoirning tavalludiga 69-yil to‘ladi.
Mukofotlari
1989 yilda "Uyqudagi qiz" nomli she’riy to‘plami uchun u respublika Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan.
1998 yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.
Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon, O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon, O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
***