Xitoy TIV Parijdagi elchisining so‘zlariga izoh berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKitayskiy flag. Illyustrativnoe foto
Kitayskiy flag. Illyustrativnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekin sobiq SSSR tarkibiga kirgan barcha davlatlarning suverenitetini hurmat qilishini aytdi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Pekin barcha sobiq Ittifoq davlatlari suverenitetini hurmat qiladi, dedi Xitoy TIV matbuot kotibi Mao Ning Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shaning Qrim va sobiq SSSR respublikalarining suvereniteti haqidagi so‘zlarini sharhlar ekan. RIA Novosti xabariga asosan.

“SSSR parchalanganidan so‘ng Xitoy birinchilardan bo‘lib ushbu davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi va diplomatik shu damdan beri Xitoy doimo ikki tomonlama do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish uchun o‘zaro hurmat va tenglik tamoyiliga amal qilib kelgan. Xitoy barcha sobiq SSSR respublikalarining suverenitetini hurmat qiladi", - dedi diplomat.

Mao Ning, shuningdek Pekin barcha davlatlar suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishini hamda BMT Nizomining maqsad va tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Diplomat, shuningdek, ayrim OAVlar Xitoy pozitsiyasini noto‘g‘ri talqin qilgan holda Pekin va ma’lum davlatlar orasida kelishmovchilik keltirib chiqarayotganini, Pekin postsovet respublikasidagi inqirozni siyosiy yo‘lga qo‘yishga hissa qo‘shish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shae LCI telekanaliga bergan intervyusida "Qrim aslida Rossiyaniki bo‘lgan, keyin Xrushev uni Ukrainaga sovg‘a qilgan" degan edi. Diplomat, shuningdek, Amerika sobiq SSSR respublikasidagi (Ukraina - tahr.) mojaroga barham berishdan manfaatdor emas", - degan edi.
Elchining yana bir bayonoti "sobiq SSSR davlatlarining suverenitetini belgilovchi xalqaro shartnomalar yo‘q, shu sababli “ular xalqaro huquqda amal qiluvchi maqomga ega emas" bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
Intervyudan so‘ng "Monde" gazetasi 80 ga yaqin yevropalik parlamentariylarning Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonnani Xitoyning Parijdagi elchisi Lu Shaeni “sobiq SSSR davlatlarining suvereniteti inkor etilgani” uchun "persona non grata" deb e’lon qilishga chaqirgan xatini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Qrim viloyati 1954-yil 19-fevralga qadar RSFSR tarkibida bo‘lgan. Shu yili SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi sobiq SSSR yetakchisi, uzoq vaqt Ukrainada ishlagan Nikita Xrushev tashabbusi bilan yarim orolni Ukraina SSR tarkibiga o‘tkazgan. Sovet Ittifoqi tarqalib ketganidan so‘ng Qrim Ukraina tarkibida qolgan.
2014 yilning mart oyida, Ukrainadagi davlat to‘ntarishi sodir bo‘lganidan so‘ng, o‘tkazilgan referendum asosida Qrim yarim oroli Rossiya tarkibiga qaytdi. Referendumda qrimliklarning 96,77 foizi ushbu qarorni yoqlab ovoz bergan.
Yangiliklar lentasi
0