Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rogov Ukraina harbiylari Zaporojye yo‘nalishida kimoviy qurol qo‘llaganini ma’lum qildi

© AP Photo / Efrem LukatskyUkrainskie voyennie v zashitnix kostumax. Arxivnoe foto
Ukrainskie voyennie v zashitnix kostumax. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2023
Obuna bo‘lish
2023 yil boshidan buyon Ukraina armiyasi tomonidan bir necha marta kimoviy qurol qo‘llanish holatlari qayd etilgan.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Ukraina harbiylari Zaporojye yo‘nalishida uchuvchisiz uchar qurilma yordamida kimoviy qurol qo‘lladi, bir harbiy xizmatchi jabrlandi. Bu haqda “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati raisi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
“UQK jangarilari <...> Zaporojye yo‘nalishida jangchilarimizga qarshi kimoviy modda qo‘llashga urinishdi. Ukromillatchilar uchuvchisiz uchar qurilma yordamida noma’lum modda qo‘llashga urinishdi. Bizning jangchilarimiz zudlik bilan javob qaytarishdi – jiddiy jabrlanganlar yo‘q, bir harbiy xizmatchi kimoviy kuyish oldi”, - deya yozdi u Telegram-kanalida.
“Shunga o‘xshash takroriy hujumga qarshi frontning oldi chizig‘iga kimoviy himoya vositalari yetkazildi”, - deya qo‘shimcha qildi Rogov.
2023 yil boshidan buyon Ukraina armiyasi tomonidan bir necha marta kimoviy qurol qo‘llanish holatlari qayd etilgan. Xususan, ukrainalik harbiylar mart boshida Artyomovsk va Donesk yo‘nalishlarida kimoviy o‘q-doridan foydalanishgani xabar qilingan edi.
Voyennoslujashiy VS RF sovershayet vistrel iz perenosnogo zenitnogo raketnogo kompleksa Igla po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Ukraina Artyomovsk yo‘nalishida kimoviy hiyla tayyorlamoqda – jazo muqarrar
Yangiliklar lentasi
0