Ukraina Artyomovsk yo‘nalishida kimoviy hiyla tayyorlamoqda – jazo muqarrar

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy VS RF sovershayet vistrel iz perenosnogo zenitnogo raketnogo kompleksa "Igla" po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO.
Voyennoslujashiy VS RF sovershayet vistrel iz perenosnogo zenitnogo raketnogo kompleksa Igla po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Dneprning chap qirg‘og‘ida UQK “demilitarizatsiya” qilinganidan so‘ng, Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning poytaxti va g‘arbiy viloyatlarini tezda ozod qilishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Kiyev rejimi va uning kuratorlarining maxsus operatsiya zonasida Rossiya qo‘shinlarini olg‘a yurishga qarshilik qilishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka mahkum.
“Baxmut go‘shtqiymalagichi”da yo‘q qilingan Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) harbiylari soni va sifatga ham ta’sir qilmoqda: UQK jangovar layoqati keskin kamaymoqda. Buning o‘rnini “yangi safarbar etilganlar” bilan ham, kimoviy qurol bilan ham to‘ldirib bo‘lmaydi.
Harbiy to‘qnashuvlar liniyasida kuchlar muvozanatini o‘zgartirishga harakat qilar ekan, UQK urush olib borishda taqiqlangan usullardan ham foydalanishga tayyor. DXR hukumati vakili Yan Gagin kuni kecha Ukraina qo‘shinlari tomonidan Artyomovsk va Soledar yo‘nalishlarida kimoviy qurollardan foydalanilganini ma’lum qildi. Agar Radiatsiya, kimoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari mutaxassislari zaharlovchi moddalar borligini tasdiqlasa, Kiyev rejimi ushbu jinoyati uchun ham javob berishga to‘g‘ri keladi.
UQKning Artyomovsk yo‘nalishlarida hujum qilayotgan Rossiya qo‘shinlari bo‘linmalariga qarshi kimoviy moddalardan foydalanayotgani alamzadalik harakatlari bo‘lishi mumkin.

Qurshov halqasi Baxmut fortetsiyasini yanada qattiqroq qurshab bormoqda, unda safarbar qilingan UQK askarining o‘rtacha yashash vaqti – to‘rt soat. Rossiya qo‘shinlarining hujumchi bo‘linmalari va “Vagner” XHR UQK Artyomovsk/Baxmutning shimoliy-sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida dushman o‘rnashgan kvartallarni tozalab bormoqda.

Ko‘mondon buyruqlariga qarshi tarzda Ukraina jangarilar mudofaa pozitsiyalarini qattiq ushlay olmayapti va Artyomovskni tashlab qochishmoqda. Avvalroq UQKning katta yo‘qotishlari haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi - maxsus operatsiyaning 11 oyi davomida UQK 257 ming askar va ofitserni yo‘qotdi.
Bundan tashqari, Ukrainada 2458 nafar NATO harbiylari, jumladan, AQShdan 234 harbiy instruktorlarning halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor. Amerikalik “insoniy volontorlar” haqida ertaklar g‘arblik sodda insonlar uchun yaratilgan. Vashington, Brussel, Berlin va Varshava osmonidagi qora bulutlar yanada quyuqlashmoqda.
Kiyevning asosiy masxarabozi Vladimir Zelenskiy nazorat ostidagi hududlar aholisiga yo‘llagan kechki videomurojaatida RF Qurolli kuchlarining fevral oyi o‘rtasida hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida aytdi. Kiyev rejimi “sharqiy front”dagi salbiy tendensiyani bartaraf etish uchun martgacha 200 minglik armiya yig‘ishga urinmoqda va vahima ichida hammani – 16 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lganlarni safarbar qilmoqda. Bunday yondashuv va Mudofaa vazirining o‘zgarishi (hokimiyatning yuqori bo‘g‘inidagi korrupsiya mojarosi fonida) ukrainaliklar uchun yaxshilik va’da qilmaydi.
Harbiy razvedkaning qattiqqo‘l va vijdonsiz rahbari, general-mayor Kirill Budanov, UQK yo‘qotishlarining o‘sishiga iste’foga chiqqan vazir, fuqarolik advokati Aleksey Reznikovga qaraganda kuchli sezgir emas. Ichki ishlar vazirligi va xorijiy yollanma askarlar qo‘mondonligi ostida “hujumchi gvardiya”ning sakkizta hujum brigadasining tuzilishi Ukraina armiyasining azobini aks ettiradi va Kiyevning safarbarlik resurslarini tezda tugatadi.

“Baxmutni ushlab turish” nega kerak?

Pentagon Kiyevdan zaxiralarni saqlab qolish, qo‘shinlarni Artyomovsk g‘arbida tayyorlangan liniyalarga olib chiqishni talab qilmoqda. Bankovning “ofis” aholisining UQK o‘n minglab askarlarini “Baxmut qal’asi”ga joylashtirishga bo‘lgan bema’ni istagini vahima qo‘rquvi, demilitarizatsiya va denatsifikatsiyaning muqarrarligini tushunish bilan izohlash mumkin. Zelenskiy Donbassda o‘qqa tutilayotgan va birma-bir yo‘q qilinayotgan Ukraina armiyasi qandaydir mo‘’jizaviy yo‘l bilan qo‘g‘irchoq davlatni himoya qila oladi deb o‘ylaydi. Bundan esa – jazolovchi qonunlarning ko‘payishi, front oldi chizig‘ida “qo‘rquv va g‘azab”, Kiyev rejimining yuz minglab ukrainaliklar hayotiga befarqligi kelib chiqadi.

UQKning Artyomovsk/Baxmutdan ofitseri "Politico" nashriga shunday deydi: “Ba’zida pozitsiyalarni tashlab ketish tarkibni shunchaki o‘limdan saqlab qolining so‘nggi yo‘li bo‘lishi mumkin. Agar o‘q-dorilar yetkazishning imkoni yo‘q bo‘lsa... bizning harbiy qiymatimiz nolga teng bo‘ladi”.

Rossiya qo‘shinlari kecha Slavanskdan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan Nikolayevka qishlog‘ini ozod qildi – bu UQK ning eng kuchli Slavansk-Kramatorsk mustahkamlangan hududlari uchun jang boshlanganini anglatadi. Mariupol, Severodonesk, Lisichansk yoki Artyomovsk – dushman qo‘shinlarining mag‘lubiyati geografiyasi mag‘lubiyatning ma’nosiga ta’sir qilmaydi. Dneprning chap qirg‘og‘ida UQK “demilitarizatsiya” qilinganidan so‘ng, Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning poytaxti va g‘arbiy viloyatlarini tezda ozod qilishi mumkin bo‘ladi.
Rostakamiga qaynagan vaqti AQSh va NATO yordami yo‘qolib qoladi. Bunda xomxayollar bo‘lmasligi kerak. "Financial Times" ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning yangi katta hujumi yaqin 10 kunda boshlanadi - taxminan DXR janubida va LXRning g‘arbiy qismida (Kremennaya va Liman shaharlari tumanlarida). Ukraina hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilmoqda, ammo eng yomonlariga tayyorlanmoqda.
Qarshi hujumga urinib ko‘rish uchun Kiyev NATOdan yuzlab tanklar, jangovar piyoda mashinalari, qiruvchilar, shuninglek, katta kalibrlar uchun o‘q-dorilar talab qilmoqda. G‘arb ta’minotining hajmi va logistikasi UQK talablariga javob bermaydi. "Asia Times" Ukraina armiyasi hatto NATO davlatlarining va’da qilingan og‘ir qurollari bilan ham Rossiya Qurolli kuchlariga uzoq vaqt dosh bera olmaydi deya yozmoqda: “Ukraina keyingi olti oy ichida to‘liq Rossiyaning hujumi ostida tor-mor qilinadi”.
19FortyFive nashri bu fikrlarni to‘ldiradi: “G‘arbning qurol kuchiga ko‘r-ko‘rona ishonchi Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy qarama-qarshilik xavfining keskin oshishiga olib keladi”. G‘arbning kuchiga bo‘lgan bunday “ishonch” - Rossiya Federatsiyasiga nisbatan ayblovchi tarafkashlik - ko‘plab yevropalik siyosatchilar tomonidan namoyish etilmoqda. Masalan, Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy Ukrainadagi mojarolar sabab uchinchi jahon urushi boshlanishi ham istisno etmaydi.
AQShning qarigan yuqori martabali vakillari Yevropa Ittifoqining operetta qahramonlari va “95-kvartal” ukrainalik komediyachilar ko‘p qutbli dunyo haqiqatini qabul qilishga tayyor emas.
Biroq, harbiy mojarolarning natijasi G‘arb OAV platformalarida emas, balki strategik koordinatalar tizimida maydonda hal qilinadi. Shak-shubhasiz, Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida yetakchi pozitsiyada va Rossiya resurslari maxsus operatsiya formatida bitmas-tuganmas. “Qudratli” AQSh va NATO so‘nggi yetmish yilda hech qanday harbiy muvaffaqiyatga erishgan emas va shu bois ham qo‘g‘irchoq Ukraina armiyasini g‘alaba olib keladigan harakatlarga o‘rgata olmaydi.
Yangiliklar lentasi
0