Turkmaniston prezidenti Laylatul qadr kechasi munosabati bilan yuzlab mahkumlarni afv etdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident Turkmenistana Serdar Berdimuxamedov. Arxivnoe foto
Prezident Turkmenistana Serdar Berdimuxamedov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidenti tegishli qarorni hukumatning 2023-yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisida imzolagan.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Laylatul qadr kechasi sharafiga qamoq jazosini o‘tayotgan 463 nafar mahkumni afv etdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston yozmoqda.
Turkmaniston prezidenti tegishli qarorni hukumatning 2023-yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisida imzolagan. Hujjat afv etilgan shaxslarni ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi asosiy jazoni o‘tashdan ozod qiladi.
Bundan tashqari, Turkmaniston prezidenti Davlat xavfsizlik kengashi kotibi va huquq-tartibot idoralari rahbarlariga sobiq mahkumlarning tezroq oilalari bag‘riga qaytishi uchun choralar ko‘rishni topshirgan.
Shuningdek, viloyat, tuman va shahar hokimliklari rahbarlariga afv etilgan shaxslarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berilgani xabar qilingan.
Veruyushaya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Laylatul qadr kechasi qachon bo‘ladi — O‘MI ma’lumoti
Yangiliklar lentasi
0