https://oz.sputniknews.uz/20230415/jizzax-guliston-33963735.html
Jizzax va Gulistonda havoni monitoring qiluvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatildi
Jizzax va Gulistonda havoni monitoring qiluvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 6 ta havoni monitoring qilish avtomatik stansiyasi olib kelindi.
2023-04-15T12:37+0500
2023-04-15T12:37+0500
2023-04-15T12:37+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jizzax
guliston tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0f/33958911_0:41:801:491_1920x0_80_0_0_8c4788aa635382d22ae8214c9b4ffa26.jpg
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Jizzax va Guliston shaharlarida havoni monitoring qiluvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatildi. Bu haqda "Zamin" fondi xabar berdi.Qayd etilishicha, fond va Gidrometeorologiya xizmati agentligining qo‘shma loyihasi doirasida O‘zbekiston hududlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 6 ta havoni monitoring qilish avtomatik stansiyasi olib kelindi. Ulardan ikkitasi Jizzax va Gulistonga yetkazilib, o‘rnatildi.Ayni paytda mutaxassislar stansiyalarni sozlamoqda va sinov tariqasida ishga tushirmoqda, shundan so‘ng havoning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida monitoring.meteo.uz platformasida taqdim etib boriladi.Stansiyalarni ishga tushirishdan avval O‘zgidrometning joylardagi xodimlari uchun o‘rnatilayotgan stansiyalarni sozlash va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy treninglar o‘tkazilmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq har bir shahar va tumanda havo tozaligini kuzatib boruvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatilishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho berib boriladi.
o‘zbekiston
guliston tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0f/33958911_45:0:754:532_1920x0_80_0_0_dfc35e439cb14fb52c1f4dc08ebe3353.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston jizzax guliston
o‘zbekiston jizzax guliston
Jizzax va Gulistonda havoni monitoring qiluvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatildi
O‘zbekiston hududlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 6 ta havoni monitoring qilish avtomatik stansiyasi olib kelindi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Jizzax va Guliston shaharlarida havoni monitoring qiluvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatildi. Bu haqda "Zamin" fondi
xabar berdi. Qayd etilishicha, fond va Gidrometeorologiya xizmati agentligining qo‘shma loyihasi doirasida O‘zbekiston hududlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 6 ta havoni monitoring qilish avtomatik stansiyasi olib kelindi. Ulardan ikkitasi Jizzax va Gulistonga yetkazilib, o‘rnatildi.
Ayni paytda mutaxassislar stansiyalarni sozlamoqda va sinov tariqasida ishga tushirmoqda, shundan so‘ng havoning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida monitoring.meteo.uz platformasida taqdim etib boriladi.
Stansiyalarni ishga tushirishdan avval O‘zgidrometning joylardagi xodimlari uchun o‘rnatilayotgan stansiyalarni sozlash va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy treninglar o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq har bir shahar va tumanda havo tozaligini kuzatib boruvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatilishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho
berib boriladi.