Mirziyoyev ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunni imzoladi

© MonkeybusinessIspugannaya devochka v uglu komnati
Ispugannaya devochka v uglu komnati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Obuna bo‘lish
Men ushbu g‘alaba bilan faxrlanaman va unda ishtirok etgan barchadan minnatdorman, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
“Men ushbu g‘alaba bilan faxrlanaman va unda ishtirok etgan barchadan minnatdorman! Oldinda ushbu moddalar ishlashi va jamiyat o‘zgarishi uchun qiyin va uzoq yo‘l turibdi. Men barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyatlari, faollar va media — barcha-barchani bu jarayonga qo‘shilib, zo‘ravonlikka qarshi kurashning yagona mexanizmiga aylanishga chaqiraman. Zo‘ravonlik — jinoyat. Zo‘ravonlik — bizning madaniyatimiz emas!”,- deb yozgan Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun ma’qullangandi.
Molotok sudi v zale suda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo qanday kuchaytirilmoqda?
Yangiliklar lentasi
0