Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo qanday kuchaytirilmoqda?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi v zale suda
Molotok sudi v zale suda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
Obuna bo‘lish
Ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘rovonlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik choralari belgilanmoqda.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilayotgan turli xil zo‘ravonlik holatlariga nisbatan qat’iy jazo choralari og‘irlashtirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati maqullagan ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish haqidagi qonunda nazarda tutilgan.
Mazkur qonun bugungi kunda xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan turli xil zo‘ravonlik holatlariga nisbatan qat’iy jazo choralarini belgilash bilan bir qatorda bunday salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan.
Qonun bilan qator jinoyatlar uchun jazo choralari og‘irlashtirilmoqda.
Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash (115-modda);
taklif etilmoqda: 60 mln so‘mgacha jarima yoki 5-yilgacha muayan huquqdan mahrum qilish yoxud 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari;
amalda: 15 mln so‘mgacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari).
Nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish (118, 119-moddalar);
taklif: 1-qismi 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 8-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
amalda: 1-qismi 3-yildan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 7-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish).
Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (121-modda);
taklif: 1-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish, 3-qismi og‘irlashtiruvchi holatlarda 5-yildan 8-yilgacha qamoq ozodlikdan mahrum qilish;
amalda: 1-qismi 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari; 2-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish).
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (128-modda);
taklif: 1-qismi 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish; 3-qismi 8-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
amalda: 1-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 3-qismi 5-yildan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish).
16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish (129-modda);
taklif: 1-qismi 2-yildan 3-yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. 3-qismi – agar o‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa – 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
amalda: 1-qismi 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari; 2-qismi 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish).
Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish (130-modda);
taklif: 3-qism (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish) 5-yildan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
amalda: 3-qism (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish) 3-qism 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Mazkur qonun prezident tomonidan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, 2021-2022 yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 72 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning qariyb 61 mingdan ko‘pi yoki qariyb 85 foizi oilada sodir etilgan.
Jenshina zakrivayet litso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlar uchun ishonch telefonlari - barcha raqamlar
Yangiliklar lentasi
0