"Vaqf"fondi Ramazon oyi boshidan buyon qancha xayriya tarqatgani ma’lum bo‘ldi

© Fond "Vakf"Fond "Vakf" materialnaya pomosh vo vremya pandemii
Fond Vakf materialnaya pomosh vo vremya pandemii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Oy davomida jami 333 million 830 ming so‘mlik xayriya ishlari amalga oshirildi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Ramazon oyi boshidan buyon saxovatpesha insonlardan "Vaqf" fondiga 772 million so‘mdan oshiq xayriya kelib tushgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Fond rahbari vazifasini bajaruvchi Ziyovuddin Mirsodiqov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan hafta davomida respublika bo‘ylab 312 ta oilaga 58 150 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilingan.
Shuningdek, moddiy ko‘makka muhtoj 37 nafar fuqaroga 66 600 000 so‘m pul mablag‘lari berilgan. 700 dan ortiq aholi uchun iftorlik dasturxonlari yozildi.
“Ramazon oyining ikkinchi haftasi davomida fond tomonidan aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlami va diniy ta’lim muassasalari ustoz va talabalari uchun 111 million 720 ming so‘mlik xayriya ishlari amalga oshirildi”, - dedi Mirsodiqov .
Oy davomida jami 333 million 830 ming so‘mlik xayriya ishlari amalga oshirildi.
O‘tgan hafta davomida fondning Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda viloyatdagi boshpanasiz, nochor oilaga 5 xonali uy qurib bitkazilib, to‘liq jihozlangan holda xayriya qilindi.
Kalendar Ramadana (Tashkent) infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Yangiliklar lentasi
0