https://oz.sputniknews.uz/20230327/ramazon-taqvimi-2023-uzbekiston-ruza-32995286.html
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bu yil ro‘za 23-mart kuni boshlanadi, 17-apreldan 18-aprelga o‘tar kechasi - Qadr tuni, 21-aprel - Ramazon hayit bayrami.
2023-03-27T15:46+0500
2023-03-27T15:46+0500
2023-04-12T17:44+0500
infografika
ramazon oyi
ramazon hayiti
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
musulmonlar
ro‘za
ro‘za taqvimi 2023
ro‘za 2023
ramazon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/10/32964092_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_8132ffefd94d8acdce6eea0bb6788a23.png
Saharlik duosi Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisal lillahi ta’ala. Allohu akbar.Iftorlik duosiAllohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaru ma qoddamtu va ma axxortuRamazon taqvimi 2023Laylatul qadr kechasi O‘MI Ulamolar kengashi astronomik ma’lumotlarga tayangan holda O‘zbekistonda 2023-yilda Ramazon oyining boshlanish sanasini 23-mart deb e’lon qilgan edi. Laylatul qadr kechasi esa 17-apreldan 18-aprelga o‘tar kechasiga to‘g‘ri keladi. Laylatul qadr kechasi ado etiladigan amallarXufton va bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qish tavsiya etiladi. Bu kechada qazo namozlar, nafl va tahajjud namozlarini o‘qigan afzal. Qolaversa, Qur’oni karim tilovati, Allohni ulug‘lab aytiladigan tasbeh, istig‘for va zikrlar, payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vasallamga bag‘ishlab salovat va durudlar aytish savobligi aytiladi.Ramazon oyi haqida Ramazon oyi musulmonlar uchun muqaddas oy bo‘lib, uning davomida barcha mo‘minlar ko‘proq tarovih va tilovat qilishlari, Qur’on xatm qilishi farz bo‘ladi.Hadislarda aytilishiga ko‘ra, Ramazon oyi gunohlar kechiriladi, hatto dushmanlarga ham rahm-shafqat ko‘rsatiladi, hatto gunohkorlar ham do‘zaxdan ozod qilinadi.Musulmonlar uchun Ramazon oyi o‘zaro birdamlik, mehribonlik, bir-birining xato va kamchiliklarini kechiradigan oydir.Ramazonda musulmonlar ko‘proq xayrli ishlar qilishi va bu yo‘lda birlashishi, bir-birini qo‘llashi uzoq yillardan beri yaxshi an’anaga aylangan.Ramazon - tenglik oyi bo‘lib, bu oyda qariyalar ziyorat qilinadi, bemorlardan xabar olinadi, muhtojlarga yordam beriladi, musibatzada insonlardan ko‘ngil so‘raladi va yetimlar ovutilib, yupatiladi.Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligining toq kechalaridan birida Qadr kechasi bor.Ro‘zada to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariRamazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Ramazonda sog‘lom ovqatlanish va oshqozon ichak tizimi salomatligini saqlash uchun qator tavsiyalarni berdi.1. Taomlanishni xurmodan boshlang.Xurmo — bu ro‘za paytida kun davomida energiya bilan ta’minlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo mevasi tolalari ovqat hazm qilish traktini ishlashini tartibga soladi. Bundan tashqari, xurmo magniy va kaliyga boy.2. Ko‘p miqdorda suv ichingAyniqsa issiq havoda tanangizni suv bilan ta’minlash uchun yetarli miqdorda suv ichish juda muhimdir. Kun davomida chanqamaslik uchun og‘iz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin yetarlicha suv iching. Ovqatlanish uchun ruxsat berilganda 8 stakan suv ichishga harakat qiling.3. Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlaningTuzli ovqatlar, konservalar, tuzlangan bodringlar, baliqlardan saqlaning. Bundan tashqari, ziravorlarga boy ovqatlardan saqlaning, chunki ular sizda chanqoq hissini chaqiradi. Ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qiling, ular organizmning suv zaxiralarini yangilaydi va to‘ldiradi.4. Sekin, shoshmasdan iftorlik qilingUzoq muddatli ochlikdan so‘ng, tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Mo‘’tadil bo‘lishga harakat qiling, iftorni xurmo, suv bilan boshlang, keyin sho‘rva, salat yeyishingiz mumkin. Bir muncha vaqt o‘tgach, asosiy taomga o‘ting. Ortiqcha ovqatlanish ovqat hazm qilishda muammolar va oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.Iftorni iliq sho‘rva bilan boshlash ro‘za tutgandan keyin eng yaxshi ovqat bo‘lib, organizmning ozuqaviy moddalarini to‘ldiradi va tanani og‘irroq ovqatlar uchun tayyorlaydi.5. Taomingizda barcha kerakli nutriyentlar mavjudligiga ishonch hosil qilingIftorda oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yog‘lar kabi ovqatlar bo‘lishi kerak.6. Sog‘lom ovqatlarni tanlangRatsioningizda don, yormalar, tovuq go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lishi kerak. Qovurilgan, sho‘r va yog‘li ovqatlardan saqlaning. Go‘sht, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida bittasini har kuni iste’mol qilishingiz kerak.7. Shirinliklardan saqlaningIftordan keyingi shirinliklar qorinda gaz to‘planishiga sabab bo‘ladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin shirinliklarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq mahsulotlarga: xurmo, quruq mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.8. Qahva (kofe) ichishdan tiyilingRamazon oyida bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun qahva ichishni kamaytirishga harakat qiling.9. Iftorlik va saharlik orasida yengil tamaddi qilib olishAsosiy ovqatlanishni uch qismga bo‘lish va iftorlik va saharlik orasida yengil tamaddi qilib olish tavsiya qilinadi. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar, uchdan biri yog‘siz go‘sht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot bo‘lishi kerak. Bu sog‘lom muvozanatli ovqatlanish bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/10/32964092_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_c5cff9903eba690a07d280c7d27df47d.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ramazon 23-mart qadr tuni hayit saharlik duosi iftorlik duosi 2023 ogiz ochish ogiz yopish
o‘zbekiston ramazon 23-mart qadr tuni hayit saharlik duosi iftorlik duosi 2023 ogiz ochish ogiz yopish
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
15:46 27.03.2023 (yangilandi: 17:44 12.04.2023) 2023 yil muqaddas Ramazon oyi O‘zbekistonga 23-mart kuni kirib keldi. O‘MI Ulamlar kengashi fatvosi bilan Qadr tuni, 17-aprel o‘tar kechasiga, Ramazon hayiti esa - 21-aprel kuni bo‘lishi kutilmoqda. Ramazon taqvimi va boshqa kerakli ma’lumotlar maqolamizda.
Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisal lillahi ta’ala. Allohu akbar.
Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaru ma qoddamtu va ma axxortu
Ramazon taqvimi 2023
sana | suxur | iftorlik |
23 mart, payshanba | 05:03 | 18:40 |
24 mart, juma | 05:01 | 18:41 |
25 mart, shanba | 05:00 | 18:42 |
26 mart, yakshanba | 04:58 | 18:43 |
27 mart, dushanba | 04:56 | 18:44 |
28 mart, seshanba | 04:54 | 18:45 |
29 mart, chorshanba | 04:53 | 18:46 |
30 mart, payshanba | 04:51 | 18:47 |
31 mart, juma | 04:49 | 18:48 |
1 aprel, shanba | 04:47 | 18:49 |
2 aprel, yakshanba | 04:45 | 18:50 |
3 aprel, dushanba | 04:43 | 18:52 |
4 aprel, seshanba | 04:42 | 18:53 |
5 aprel. chorshanba | 04:40 | 18:54 |
sana | saharlik | iftorlik |
6 aprel, payshanba | 04:38 | 18:55 |
7 aprel, juma | 04:36 | 18:56 |
8 aprel, shanba | 04:34 | 18:57 |
9 aprel, yakshanba | 04:32 | 18:58 |
10 aprel, dushanba | 04:30 | 18:59 |
11 aprel. seshanba | 04:28 | 19:00 |
12 aprel, chorshanba | 04:27 | 19:01 |
13 aprel, payshanba | 04:25 | 19:02 |
14 aprel, juma | 04:23 | 19:03 |
15 aprel, shanba | 04:21 | 19:04 |
16 aprel, yakshanba | 04:19 | 19:05 |
17 aprel, dushanba | 04:17 | 19:07 |
18 aprel, seshanba | 04:15 | 19:08 |
19 aprel, chorshanba | 04:13 | 19:09 |
sana | saharlik | iftorlik |
20 aprel, payshanba | 04:11 | 19:10 |
21 aprel, juma | 04:10 | 19:11 |
O‘MI Ulamolar kengashi astronomik ma’lumotlarga tayangan holda O‘zbekistonda 2023-yilda Ramazon oyining boshlanish sanasini 23-mart deb e’lon qilgan edi. Laylatul qadr kechasi esa 17-apreldan 18-aprelga o‘tar kechasiga to‘g‘ri keladi.
Laylatul qadr kechasi ado etiladigan amallar
Xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qish tavsiya etiladi. Bu kechada qazo namozlar, nafl va tahajjud namozlarini o‘qigan afzal. Qolaversa, Qur’oni karim tilovati, Allohni ulug‘lab aytiladigan tasbeh, istig‘for va zikrlar, payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vasallamga bag‘ishlab salovat va durudlar aytish savobligi aytiladi.
Ramazon oyi musulmonlar uchun muqaddas oy bo‘lib, uning davomida barcha mo‘minlar ko‘proq tarovih va tilovat qilishlari, Qur’on xatm qilishi farz bo‘ladi.
Hadislarda aytilishiga ko‘ra, Ramazon oyi gunohlar kechiriladi, hatto dushmanlarga ham rahm-shafqat ko‘rsatiladi, hatto gunohkorlar ham do‘zaxdan ozod qilinadi.
Musulmonlar uchun Ramazon oyi o‘zaro birdamlik, mehribonlik, bir-birining xato va kamchiliklarini kechiradigan oydir.
Ramazonda musulmonlar ko‘proq xayrli ishlar qilishi va bu yo‘lda birlashishi, bir-birini qo‘llashi uzoq yillardan beri yaxshi an’anaga aylangan.
Ramazon - tenglik oyi bo‘lib, bu oyda qariyalar ziyorat qilinadi, bemorlardan xabar olinadi, muhtojlarga yordam beriladi, musibatzada insonlardan ko‘ngil so‘raladi va yetimlar ovutilib, yupatiladi.
Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligining toq kechalaridan birida Qadr kechasi bor.
“Agar siz bu muborak kechani toat va ibodatda o‘tkazsangiz, go‘yo siz bu toat-ibodatni sakson uch yildan ko‘proq vaqt davomida tinmay bajarayotgandek bo‘lasiz”, - deyilgan hadislarda.
Ro‘zada to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari
Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Ramazonda sog‘lom ovqatlanish va oshqozon ichak tizimi salomatligini saqlash uchun qator tavsiyalarni
berdi.1. Taomlanishni xurmodan boshlang.
Xurmo — bu ro‘za paytida kun davomida energiya bilan ta’minlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo mevasi tolalari ovqat hazm qilish traktini ishlashini tartibga soladi. Bundan tashqari, xurmo magniy va kaliyga boy.
2. Ko‘p miqdorda suv iching
Ayniqsa issiq havoda tanangizni suv bilan ta’minlash uchun yetarli miqdorda suv ichish juda muhimdir. Kun davomida chanqamaslik uchun og‘iz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin yetarlicha suv iching. Ovqatlanish uchun ruxsat berilganda 8 stakan suv ichishga harakat qiling.
3. Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlaning
Tuzli ovqatlar, konservalar, tuzlangan bodringlar, baliqlardan saqlaning. Bundan tashqari, ziravorlarga boy ovqatlardan saqlaning, chunki ular sizda chanqoq hissini chaqiradi. Ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qiling, ular organizmning suv zaxiralarini yangilaydi va to‘ldiradi.
4. Sekin, shoshmasdan iftorlik qiling
Uzoq muddatli ochlikdan so‘ng, tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Mo‘’tadil bo‘lishga harakat qiling, iftorni xurmo, suv bilan boshlang, keyin sho‘rva, salat yeyishingiz mumkin. Bir muncha vaqt o‘tgach, asosiy taomga o‘ting. Ortiqcha ovqatlanish ovqat hazm qilishda muammolar va oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
Iftorni iliq sho‘rva bilan boshlash ro‘za tutgandan keyin eng yaxshi ovqat bo‘lib, organizmning ozuqaviy moddalarini to‘ldiradi va tanani og‘irroq ovqatlar uchun tayyorlaydi.
5. Taomingizda barcha kerakli nutriyentlar mavjudligiga ishonch hosil qiling
Iftorda oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yog‘lar kabi ovqatlar bo‘lishi kerak.
6. Sog‘lom ovqatlarni tanlang
Ratsioningizda don, yormalar, tovuq go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lishi kerak. Qovurilgan, sho‘r va yog‘li ovqatlardan saqlaning. Go‘sht, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida bittasini har kuni iste’mol qilishingiz kerak.
7. Shirinliklardan saqlaning
Iftordan keyingi shirinliklar qorinda gaz to‘planishiga sabab bo‘ladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin shirinliklarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq mahsulotlarga: xurmo, quruq mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.
8. Qahva (kofe) ichishdan tiyiling
Ramazon oyida bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun qahva ichishni kamaytirishga harakat qiling.
9. Iftorlik va saharlik orasida yengil tamaddi qilib olish
Asosiy ovqatlanishni uch qismga bo‘lish va iftorlik va saharlik orasida yengil tamaddi qilib olish tavsiya qilinadi. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar, uchdan biri yog‘siz go‘sht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot bo‘lishi kerak. Bu sog‘lom muvozanatli ovqatlanish bo‘ladi.