Rossiyada "Qizil Yulduz" ordenini qayta tiklash taklif etildi, faqat bitta shart bilan
16:04 06.04.2023 (yangilandi: 16:14 06.04.2023)
© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishOrden Krasnoy Zvezdi i Orden Otechestvennoy voyni (sprava)
© Sputnik / Ilya Naymushin
/ Obuna bo‘lish
Ushbu harbiy mukofot SSSRning eng ommaviy mukofotga aylandi: faqat Ulug‘ Vatan urushi yillarida ushbu orden 2,5 million kishiga berilgan.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiyada Sovet Ittifoqining eng ommaviy harbiy mukofoti - "Qizil Yulduz" ordenini qayta tiklash taklif etildi. Ushbu taklifni Rossiya Harbiy tarix jamiyati (RVIO) ilmiy direktori Mixail Magkov taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Magkovning aytishiga ko‘ra, ushbu ordenni bugun qayta tiklash maqsadga muvofiq bo‘lar edi, faqat unda yozilgan so‘zlarni dolzarbroq shior bilan almashtirish kerak.
“Qizil Yulduz" ordeni oxirgi marta 1991-yil dekabr oyida berilgan. Ha, hozir mamlakatimiz boshqacha nomlanadi, lekin, menimcha, "Butun dunyo proletarlari birlashing" yozuvini bugungi kunda ko‘proq dolzarb bo‘lgan shiorga o‘zgartirib, ushbu mukofotni qaytarish haqida o‘ylab ko‘rish kerak", - dedi tarixchi.
Magkovning aytishiga ko‘ra, bu qaror adolatli va o‘rinli bo‘lar edi. Ushbu mukofot harbiy xizmatchilarning ko‘p avlodlari tomonidan hurmat qilinadigan mukofot bo‘lgan. Uni qayta tiklash tarixiy adolatni tiklagan bo‘lardi.
“Bizning harbiy samolyotlarimiz va Kreml minoralari hamon qizil yulduzlar bilan bezatilgan va bu hech qanday savol tug‘dirmaydi”, — dedi mutaxassis.
"Qizil Yulduz" ordeni
Bundan roppa-rosa 93-yil muqaddam, 1930-yil 6-aprelda SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (MSK) "Qizil Yulduz" ordenini ta’sis etgan edi. Uning birinchi kavaleri Uzoq Sharq maxsus armiyasi qo‘mondoni Vasiliy Blyuxer bo‘lgan.
Orden Krasnoy Zvezdi
© Sputnik / Aleksandr Krasavin
/ Keyinchalik ushbu harbiy mukofot SSSR tarixidagi eng ommaviy mukofotga aylandi: faqat Ulug‘ Vatan urushi yillarida ushbu ordenlarning 2,5 milliondan ortiq, jami 3,8 milliondan ortiq kishi taqdirlangan.
Mutaxassisning aytishiga ko‘ra, "Qizil Yulduz" ordenining dastlabki ko‘rinishida Qizil Armiya askari budonovka va o‘ralgan etiklarda tasvirlangan, keyinchalik SSSR Qurolli Kuchlari rivojlanishi bilan askar "oyoq kiyimini" etikka almashtirgan.
Mukofotning ahamiyati
Tarixchining so‘zlariga ko‘ra, Sovet davlatining birinchi mukofoti (Qizil Bayroq ordeni) faqat jang maydonidagi qahramonlik uchun berilgan. Lekin fuqarolar boshqa hayot uchun xavfli vaziyatlarda ham qahramonlik ko‘rsatgan. Masalan, chegarani qo‘riqlashda, yoki diversantlar bilan kurashda. Yoki, masalan, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, nosoz samolyotni qo‘ndirishda.
"Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan orden nizomiga qo‘shimchalar kiritildi - endi ular uni uzoq muddatli xizmatlari uchun (15 yillik benuqson xizmat) mukofotlashni boshladilar”, - dedi Magkov.
Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, bugungi kunda yangilangan "Qizil Yulduz" ordeni nafaqat harbiy xizmatchilarga, balki mudofaa korxonalari xodimlari va Donbassga o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda insonparvarlik yordami yetkazayotgan ko‘ngillilarga ham berilishi mumkin.
Ommaviy qahramonlik
Magkovning so‘zlariga ko‘ra, "Qizil Yulduz" ordeni bilan mukofotlanganlarning bunday "astronomik" soni sovet xalqining ommaviy qahramonligidan yaqqol dalolat beradi va hech qanday tarzda bu mukofotni "qadrsizlantirmaydi".
"60 yil ichida juda ko‘p "Qizil Yulduzlar" bilan taqdirlangani bu mukofotning qadrsizlanishi emas - tirik faxriylardan so‘rang, ular Vyetnamda ishlagan sobiq harbiy mutaxassislarmi yoki "afg‘onlar"mi, ularning barchasi ushbu mukofot ular uchun alohida ahamiyatga ega ekanini aytadi”, - dedi Magkov.
Orden Krasnoy Zvezdi
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
/ Tarixchi ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar orasida hatto olti karra "Qizil Yulduz" ordeni sohiblari ham borligini esladi. Gap Ikkinchi jahon urushi yillarida Kursk yaqinida jang qilgan, Koreya urushida qatnashgan, jangovar samolyotlarni sinovdan o‘tkazgan uchuvchi Filipp Onopriyenko va halokatga uchragan tankdan askarlarni qutqargan, Dneprni kechib o‘tish va Berlinni olishda qahramonlik ko‘rsatgani uchun "Qizil Yulduz" ordenlari olgan polkovnik Vasiliy Silantiyev haqida bormoqda.