https://oz.sputniknews.uz/20230406/ayollar-va-bolalarni-zoravonlikdan-himoya-qilish-33620866.html
Senatorlar ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashdi
Senatorlar ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashdi
Sputnik O‘zbekiston
Xotin-qizlarga nisbatan shahvoniy mazmundagi harakatlar sodir etganlik, ta’qib etganlik hamda ota-ona o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash borasidagi majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
2023-04-06T14:18+0500
2023-04-06T14:18+0500
2023-04-06T14:18+0500
jamiyat
o‘zbekiston oliy majlisi senati
xotin-qizlar
ayollar
bolalar
zo‘ravonlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33621181_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4c5c6e8854eb4cd3d1283e83f7f84a21.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun ma’qullandi.Endilikda jinsiy zo‘ravonlik, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish tariqasidagi insonparvarlik aktlari tadbiq etilmaydi. Aksincha bunday jinoyatlar uchun jazo choralari yanada og‘irlashtirilmoqda.Xotin-qizlarga nisbatan shahvoniy mazmundagi harakatlar sodir etganlik, ta’qib etganlik hamda ota-ona o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash borasidagi majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.Amaldagi qonunchilikka ko‘ra nomusga tegish hamda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jabrlanuvchining yoshi aybdorga ayon bo‘lishi asosiy mezonlardan biri. Endi bu qoida bekor qilinmoqda, ya’ni aybdorning jabrlanuvchi yoshini bilmasligi uni javobgarlikdan ozod qilmaydi.Shu bilan birga, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, shuningdek bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishini taqiqlash hamda bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ro‘yxatini yuritish ko‘zda tutilmoqda.Qonun prezident tomonidan imzolangandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi.Senat oilaviy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi
https://oz.sputniknews.uz/20230111/xotin-qizlar-va-bolalarga-31398211.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33621181_179:159:984:763_1920x0_80_0_0_0934cf0271fec57235879e8c68a70ea9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
senat ayollar bolalar zo‘ravonlik javobgarlik qonun xotin-qizlar voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklar jazo
senat ayollar bolalar zo‘ravonlik javobgarlik qonun xotin-qizlar voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklar jazo
Senatorlar ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashdi
Xotin-qizlarga nisbatan shahvoniy mazmundagi harakatlar sodir etganlik, ta’qib etganlik uchun jazolanish mumkin
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun
ma’qullandi. Endilikda jinsiy zo‘ravonlik, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish tariqasidagi insonparvarlik aktlari tadbiq etilmaydi. Aksincha bunday jinoyatlar uchun jazo choralari yanada og‘irlashtirilmoqda.
Xotin-qizlarga nisbatan shahvoniy mazmundagi harakatlar sodir etganlik, ta’qib etganlik hamda ota-ona o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash borasidagi majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra nomusga tegish hamda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jabrlanuvchining yoshi aybdorga ayon bo‘lishi asosiy mezonlardan biri. Endi bu qoida bekor qilinmoqda, ya’ni aybdorning jabrlanuvchi yoshini bilmasligi uni javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Shu bilan birga, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, shuningdek bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishini taqiqlash hamda bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ro‘yxatini yuritish ko‘zda tutilmoqda.
Qonun prezident tomonidan imzolangandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi.