Xotin-qizlar va bolalarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo keskin kuchaytirilmoqda

CC0 / pixabay / Marcello MigliosiDevushka sidit zakriv litso. Illyustrativnoe foto
Devushka sidit zakriv litso. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Obuna bo‘lish
Jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish, uning qaddi-qomatini shahvoniy tasvirlash, uyat so‘zlar bilan chaqirish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda. Adliya vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
18 yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish, unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, fohishalikka jalb qilish, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlash uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilinmoqda.
Xususan, ularga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilmaydi.
Javobgarlikni qanday kuchaytirish taklif qilinmoqda:
ayolni homilasini sun’iy tushirishga majburlash uchun 30 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3-yildan 5-yilgacha muayan huquqdan mahrum qilish yoxud 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari (amalda 15 so‘mgacha jarima, 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari);
nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun moddaning 1-qismi 5-yildan 8-yilgacha, 2-qismi 8-yildan 10-yilgacha qamoq (amalda 1-qismi 3-yildan 7-yilgacha, 2-qismi 7-yildan 10-yilgacha qamoq);
shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish uchun 300 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish (amalda 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari);
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (amalda 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1-yildan 3-yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish);
16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish uchun 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (amalda 460 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 1-yildan 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1-yildan 2-yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish).
Shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik (intim hayot daxlsizligini buzish) uchun jinoiy javobgarlik (bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha - 120 mln so‘mdan 180 mln so‘mgacha jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari) belgilanmoqda.
Jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish, uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash, shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar qilish uchun ma’muriy javobgarlik (BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha - 600 ming so‘mdan 1,2 mln so‘mgacha jarima) belgilanmoqda.
Voyaga yetmagan, mehnatga layoqatsiz shaxslar va ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinadi.
Qonun bilan shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, erkinligi, sha’ni va qadr qimmatiga, O‘zbekistonga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganlarga xizmat ko‘rsatiladigan ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlashi taqiqlanmoqda.
Muhokama jarayoni 26-yanvarga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0