https://oz.sputniknews.uz/20230405/pokiston-shht-33546793.html
Pokiston ShHT yig‘ilishlarida qatnashish masalasida Hindistonning taklifini ko‘rib chiqmoqda
Pokiston ShHT yig‘ilishlarida qatnashish masalasida Hindistonning taklifini ko‘rib chiqmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, Hindiston Pokistonning ShHTning ushbu muhim tadbirlarida ishtirok etishidan manfaatdor bo‘lmasligi mumkin, degan fikr ham mavjud.
2023-04-05T16:36+0500
2023-04-05T16:36+0500
2023-04-05T16:36+0500
dunyoda
pokiston
hindiston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/11/22797407_0:28:3076:1758_1920x0_80_0_0_25c2785b8e8c5c9900cf0e1ff5c08f52.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Pokiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar tashqi ishlar va mudofaa vazirlari yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun Hindistonning taklifini ko‘rib chiqmoqda, deya yozadi RIA Novosti. Ta’kidlanishicha, Pokiston qaroriga aprel oyi oxirida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadigan ShHT mudofaa vazirlari yig‘ilishiga va ushbu tashkilot tashqi ishlar idoralari rahbarlarining may oyida Goada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishiga Hindiston tomonidan taklif qilingan Xitoyning fikri ham ta’sir qiladi.Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligida “Hindiston Pokistonning ShHTning ushbu muhim tadbirlarida ishtirok etishidan manfaatdor bo‘lmasligi mumkin”, degan fikr mavjud.Hozirda 2001-yilda tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo hisoblanadi. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlatlar, Ozarbayjon, Armaniston, Misr, Kambodja, Qatar, Nepal, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlatlar maqomiga ega. 2023-yilda ShHTga Hindiston raislik qiladi.
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/11/22797407_713:0:3057:1758_1920x0_80_0_0_11489143dd6993919cf56784b9a32443.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pokiston hindiston shht
Pokiston ShHT yig‘ilishlarida qatnashish masalasida Hindistonning taklifini ko‘rib chiqmoqda
Ta’kidlanishicha, Hindiston Pokistonning ShHTning ushbu muhim tadbirlarida ishtirok etishidan manfaatdor bo‘lmasligi mumkin, degan fikr ham mavjud.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Pokiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar tashqi ishlar va mudofaa vazirlari yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun Hindistonning taklifini ko‘rib chiqmoqda, deya
yozadi RIA Novosti.
“Bu bo‘yicha qaror ShHT vazirlar yig‘ilishlari sanasiga yaqinroq qabul qilinadi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Pokiston qaroriga aprel oyi oxirida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadigan ShHT mudofaa vazirlari yig‘ilishiga va ushbu tashkilot tashqi ishlar idoralari rahbarlarining may oyida Goada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishiga Hindiston tomonidan taklif qilingan Xitoyning fikri ham ta’sir qiladi.
Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligida “Hindiston Pokistonning ShHTning ushbu muhim tadbirlarida ishtirok etishidan manfaatdor bo‘lmasligi mumkin”, degan fikr mavjud.
“Agar Pokiston o‘z vazirlarini yuborishga qaror qilsa ham, Hindiston hukumati ShHT vazirlar yig‘ilishlarida qatnashishimiz qiyin bo‘ladigan vaziyatni yaratishi mumkin”, - deydi manbalar.
Hozirda 2001-yilda tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo hisoblanadi. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlatlar, Ozarbayjon, Armaniston, Misr, Kambodja, Qatar, Nepal, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlatlar maqomiga ega. 2023-yilda ShHTga Hindiston raislik qiladi.