Tasvirlardagi hayot: O‘zbekistonda ijod qilgan rassomlarning noyob kartinalari
Tasvirlardagi hayot: O‘zbekistonda ijod qilgan rassomlarning noyob kartinalari
Sputnik O‘zbekiston
Tasviriy san’at ijodkorlari har davrda o‘zlarining hissiyotlarini turfa ranglarda, jilo va bezaklarda aks ettirishgan. Sputnik fototasmasida O‘zbekistonda ijod... 01.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
Mahoratli rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar tasvirlarida hayot aks etadi. Serjilo ranglar, yorqin va maftunkor chizmalar, nozik did va nafosat ila yaratilgan muhit - bularning hammasi rassom dunyoqarashidan darak beradi. Material Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, san’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) Nigora Kultasheva ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Tasviriy san’at ijodkorlari har davrda o‘zlarining hissiyotlarini turfa ranglarda, jilo va bezaklarda aks ettirishgan. Sputnik fototasmasida O‘zbekistonda ijod qilgan taniqli va mahoratli rassomlar yaratgan noyob kartinalar bilan tanishing.
Mahoratli rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar tasvirlarida hayot aks etadi. Serjilo ranglar, yorqin va maftunkor chizmalar, nozik did va nafosat ila yaratilgan muhit - bularning hammasi rassom dunyoqarashidan darak beradi.
O‘zbekiston san’at arbobi Alisher Aliqulov tomonidan 2022-yilda yaratilgan mahobatli rangtasvir. Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi muzeyining devorlariga ishlangan.
Devoriy surat turkumi yetuk mutafakkir Imom Buxoriyning ilmiy merosiga bag‘ishlangan.
O‘zbekiston san’at arbobi Pavel Benkov tomonidan 1940-yilda moybo‘yoqda yaratilgan ko‘pfigurali kartina. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.
Kartinada rus va o‘zbek qizining do‘stligi tarannum etilgan bo‘lib, qizlar guruhi va uzumzorning uzoqlashib borayotgan perspektivasining uyg‘unligi tasvirlangan.
O‘zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov tomonidan 1956-yilda yaratilgan portret. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyining durdona asarlari qatoridan o‘rin olgan.
Kartinada o‘tmishi sinovlarga to‘la, biroq hozirda armon og‘ushiga cho‘mgan, kundalik yumushlari bilan o‘zini yupatib yashayotgan mungli ona tasviri gavdalangan.
O‘zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev tomonidan 1994-yilda yaratilgan portret. Hozirda Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanadi.
Kartinada buyuk Amir Temur Sohibqiron sarkarda qiyofasida gavdalantirilgan.
MaterialKamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, san’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) Nigora Kultasheva ma’lumotlari asosida tayyorlandi.