Tasvirlardagi hayot: O‘zbekistonda ijod qilgan rassomlarning noyob kartinalari

Obuna bo‘lish
Tasviriy san’at ijodkorlari har davrda o‘zlarining hissiyotlarini turfa ranglarda, jilo va bezaklarda aks ettirishgan. Sputnik fototasmasida O‘zbekistonda ijod qilgan taniqli va mahoratli rassomlar yaratgan noyob kartinalar bilan tanishing.
Mahoratli rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar tasvirlarida hayot aks etadi. Serjilo ranglar, yorqin va maftunkor chizmalar, nozik did va nafosat ila yaratilgan muhit - bularning hammasi rassom dunyoqarashidan darak beradi.
© Muzeylar va rassomlarning shaxsiy arxivi

“Buvi va nabira”

O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev tomonidan 1960-yilda yaratilgan portret. Hozirda kartina O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Kartinada an’anaviy o‘zbek hovlisidagi supada o‘tirgan juftlik – buvi va nabira tasvirlangan.

“Buvi va nabira”O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev tomonidan 1960-yilda yaratilgan portret. Hozirda kartina O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.Kartinada an’anaviy o‘zbek hovlisidagi supada o‘tirgan juftlik – buvi va nabira tasvirlangan. - Sputnik O‘zbekiston
1/9

“Buvi va nabira”

O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev tomonidan 1960-yilda yaratilgan portret. Hozirda kartina O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Kartinada an’anaviy o‘zbek hovlisidagi supada o‘tirgan juftlik – buvi va nabira tasvirlangan.

© Muzeylar va rassomlarning shaxsiy arxivi

“Imom Buxoriyning hayot yo‘llari va merosi”

O‘zbekiston san’at arbobi Alisher Aliqulov tomonidan 2022-yilda yaratilgan mahobatli rangtasvir. Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi muzeyining devorlariga ishlangan.

Devoriy surat turkumi yetuk mutafakkir Imom Buxoriyning ilmiy merosiga bag‘ishlangan.

“Imom Buxoriyning hayot yo‘llari va merosi”O‘zbekiston san’at arbobi Alisher Aliqulov tomonidan 2022-yilda yaratilgan mahobatli rangtasvir. Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi muzeyining devorlariga ishlangan.Devoriy surat turkumi yetuk mutafakkir Imom Buxoriyning ilmiy merosiga bag‘ishlangan. - Sputnik O‘zbekiston
2/9

“Imom Buxoriyning hayot yo‘llari va merosi”

O‘zbekiston san’at arbobi Alisher Aliqulov tomonidan 2022-yilda yaratilgan mahobatli rangtasvir. Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi muzeyining devorlariga ishlangan.

Devoriy surat turkumi yetuk mutafakkir Imom Buxoriyning ilmiy merosiga bag‘ishlangan.

© Muzeylar va rassomlarning shaxsiy arxivi

“Dugonalar”

O‘zbekiston san’at arbobi Pavel Benkov tomonidan 1940-yilda moybo‘yoqda yaratilgan ko‘pfigurali kartina. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Kartinada rus va o‘zbek qizining do‘stligi tarannum etilgan bo‘lib, qizlar guruhi va uzumzorning uzoqlashib borayotgan perspektivasining uyg‘unligi tasvirlangan.

“Dugonalar”O‘zbekiston san’at arbobi Pavel Benkov tomonidan 1940-yilda moybo‘yoqda yaratilgan ko‘pfigurali kartina. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.Kartinada rus va o‘zbek qizining do‘stligi tarannum etilgan bo‘lib, qizlar guruhi va uzumzorning uzoqlashib borayotgan perspektivasining uyg‘unligi tasvirlangan. - Sputnik O‘zbekiston
3/9

“Dugonalar”

O‘zbekiston san’at arbobi Pavel Benkov tomonidan 1940-yilda moybo‘yoqda yaratilgan ko‘pfigurali kartina. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Kartinada rus va o‘zbek qizining do‘stligi tarannum etilgan bo‘lib, qizlar guruhi va uzumzorning uzoqlashib borayotgan perspektivasining uyg‘unligi tasvirlangan.

© Muzeylar va rassomlarning shaxsiy arxivi

“Ona o‘ylari”

O‘zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov tomonidan 1956-yilda yaratilgan portret. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyining durdona asarlari qatoridan o‘rin olgan.

Kartinada o‘tmishi sinovlarga to‘la, biroq hozirda armon og‘ushiga cho‘mgan, kundalik yumushlari bilan o‘zini yupatib yashayotgan mungli ona tasviri gavdalangan.

“Ona o‘ylari”O‘zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov tomonidan 1956-yilda yaratilgan portret. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyining durdona asarlari qatoridan o‘rin olgan.Kartinada o‘tmishi sinovlarga to‘la, biroq hozirda armon og‘ushiga cho‘mgan, kundalik yumushlari bilan o‘zini yupatib yashayotgan mungli ona tasviri gavdalangan. - Sputnik O‘zbekiston
4/9

“Ona o‘ylari”

O‘zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov tomonidan 1956-yilda yaratilgan portret. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyining durdona asarlari qatoridan o‘rin olgan.

Kartinada o‘tmishi sinovlarga to‘la, biroq hozirda armon og‘ushiga cho‘mgan, kundalik yumushlari bilan o‘zini yupatib yashayotgan mungli ona tasviri gavdalangan.

© Muzeylar va rassomlarning shaxsiy arxivi

“O‘zbek bayrami”

O‘zbekiston xalq rassomi Aleksandr Volkov tomonidan 1926-1927 yillarda yaratilgan rangtasvir. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.

“O‘zbek bayrami” asari tun qorong‘uligida ravoqlardan iborat tim ostida o‘tkazilayotgan bayramga bag‘ishlangan.

“O‘zbek bayrami”O‘zbekiston xalq rassomi Aleksandr Volkov tomonidan 1926-1927 yillarda yaratilgan rangtasvir. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.“O‘zbek bayrami” asari tun qorong‘uligida ravoqlardan iborat tim ostida o‘tkazilayotgan bayramga bag‘ishlangan. - Sputnik O‘zbekiston
5/9

“O‘zbek bayrami”

O‘zbekiston xalq rassomi Aleksandr Volkov tomonidan 1926-1927 yillarda yaratilgan rangtasvir. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.

“O‘zbek bayrami” asari tun qorong‘uligida ravoqlardan iborat tim ostida o‘tkazilayotgan bayramga bag‘ishlangan.

© Muzeylar va rassomlarning shaxsiy arxivi

“Ma’buda ona”

O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur tomonidan 2018-yilda yaratilgan rangtasvir. Kartina rassomning shaxsiy arxivida saqlanadi.

Mazkur asarda qanotlari ostida farzandlarini o‘rab olgan Ona obrazi tasvirlangan.

“Ma’buda ona”O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur tomonidan 2018-yilda yaratilgan rangtasvir. Kartina rassomning shaxsiy arxivida saqlanadi.Mazkur asarda qanotlari ostida farzandlarini o‘rab olgan Ona obrazi tasvirlangan. - Sputnik O‘zbekiston
6/9

“Ma’buda ona”

O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur tomonidan 2018-yilda yaratilgan rangtasvir. Kartina rassomning shaxsiy arxivida saqlanadi.

Mazkur asarda qanotlari ostida farzandlarini o‘rab olgan Ona obrazi tasvirlangan.

© Muzeylar va rassomlarning shaxsiy arxivi

“Oshiq anor”

Mahoratli rassom Muxtorxon Isanov tomonidan 1999-yilda yaratilgan rangtasvir. Uning original varianti rassomning shaxsiy kolleksiyasida saqlanadi.

Kartinada bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan yigit va qizning ehtiroslarga boy lahzasi tasvirlangan.

“Oshiq anor”Mahoratli rassom Muxtorxon Isanov tomonidan 1999-yilda yaratilgan rangtasvir. Uning original varianti rassomning shaxsiy kolleksiyasida saqlanadi.Kartinada bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan yigit va qizning ehtiroslarga boy lahzasi tasvirlangan. - Sputnik O‘zbekiston
7/9

“Oshiq anor”

Mahoratli rassom Muxtorxon Isanov tomonidan 1999-yilda yaratilgan rangtasvir. Uning original varianti rassomning shaxsiy kolleksiyasida saqlanadi.

Kartinada bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan yigit va qizning ehtiroslarga boy lahzasi tasvirlangan.

© Muzeylar va rassomlarning shaxsiy arxivi

“Uyg‘onish. Kulol Muhiddin Rahimov portreti”

O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalol tomonidan 1980-yilda yaratilgan portret. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Kartina o‘zbek professional kulolchilik maktabining asoschisi Muhiddin Rahimov ijodiga bag‘ishlangan.

“Uyg‘onish. Kulol Muhiddin Rahimov portreti”O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalol tomonidan 1980-yilda yaratilgan portret. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.Kartina o‘zbek professional kulolchilik maktabining asoschisi Muhiddin Rahimov ijodiga bag‘ishlangan. - Sputnik O‘zbekiston
8/9

“Uyg‘onish. Kulol Muhiddin Rahimov portreti”

O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalol tomonidan 1980-yilda yaratilgan portret. Hozirda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Kartina o‘zbek professional kulolchilik maktabining asoschisi Muhiddin Rahimov ijodiga bag‘ishlangan.

© Muzeylar va rassomlarning shaxsiy arxivi

“Amir Temur portreti”

O‘zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev tomonidan 1994-yilda yaratilgan portret. Hozirda Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanadi.

Kartinada buyuk Amir Temur Sohibqiron sarkarda qiyofasida gavdalantirilgan.

“Amir Temur portreti”O‘zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev tomonidan 1994-yilda yaratilgan portret. Hozirda Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanadi.Kartinada buyuk Amir Temur Sohibqiron sarkarda qiyofasida gavdalantirilgan. - Sputnik O‘zbekiston
9/9

“Amir Temur portreti”

O‘zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev tomonidan 1994-yilda yaratilgan portret. Hozirda Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanadi.

Kartinada buyuk Amir Temur Sohibqiron sarkarda qiyofasida gavdalantirilgan.

Material Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, san’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) Nigora Kultasheva ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Yangiliklar lentasi
0