Inflyatsiya va ishsizlik rekord past darajada qolmoqda – Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel ocherednoe soveshanie s chlenami pravitelstva RF
Prezident RF V. Putin provel ocherednoe soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Obuna bo‘lish
Aholi real daromadlari o‘smoqda, ishsizlik va inflyatsiya rekord past darajada qolmoqda, ushbu tendensiyani saqlab qolish kerak – Putin.
TOShKENT, 29 mar – Sputnik. Dunyoning qator mamlakatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalarga qaramasdan Rossiyada ishsizlik va inflyatsiya rekord past darajada qolmoqda, dedi Hukumat a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Vladimir Putin.

Rossiya prezidenti nutqidan asosiy bayonotlar:

aholi real daromadlari o‘rtacha o‘sib bormoqda, biroq ayrim hududlarda bunday emas. Ularning o‘sishi tezlashishi kerak, eng kam ish haqining oshirish kerak;
yillik inflyatsiya mart oyida 4 foizdan pastga tushdi va ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, yanada pasayishda davom etadi. Inflyatsiyaning haddan tashqari sekinlashishiga ham, tezlashishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak;
Rossiyada ishsizlik rekord darajada pastligicha qolmoqda, biroq bu mehnat bozoridagi barcha muammolar hal qilingan degani emas;
Rossiya Federatsiyasida umr ko‘rish davomiyligi oshdi, bu tendensiyalarni qo‘llab-quvvatlash kerak;
Rossiya iqtisodiyotining o‘sish trayektoriyasiga qaytishi bo‘shashmasligi kerak, ijobiy tendensiyalarni saqlab qolish va mustahkamlash, burokratiya va kechikishlarsiz harakat qilish kerak;
sanksiyalardan eng ko‘p zarar ko‘rgan tarmoqlarni, shu jumladan, avtomobilsozlik sanoatini tiklash asosiy maqsaddir;
o‘rta muddatli istiqbolda sanksiyalar Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ichki talabning barqaror o‘sishini ta’minlash zarur;
o‘tgan haftada xitoylik hamkasblarimiz bilan hamkorlikning sakkizta eng muhim yo‘nalishi, jumladan, moliya sektoridagi hamkorlik belgilandi;
Volga-Kaspiy kanalini chuqurlashtirishni yakunlash va Azov-Qora dengiz havzasi portlarining sig‘imini oshirish kerak.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0