Imom maxsus operatsiya hududidan musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi — video

Obuna bo‘lish
Qisman safarbarlik doirasida chaqirilgan imom musulmonlarni Ramazon oyi kirib kelishi bilan tabrikladi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Qisman safarbarlik doirasida chaqirilgan imom Zaporojye yo‘nalishidagi ilg‘or pozitsiyalardan kelgan musulmonlarni muqaddas Ramazon oyi kelishi bilan tabrikladi.

"Barcha musulmonlarni Ramazon bilan tabriklayman. Ushbu muqaddas oyning har bir kuni ezgu ishlarga, ezgu niyatlarga boy bo‘lsin. Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, oilalaringizga fayzu baraka, yaqinlar va do‘stlaringizga ezgulik tilaymiz!" - dedi imom.

Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
"Barcha musulmon ahlini kirib kelayotgan muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklayman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, ishlaringizga omad tilayman. Bizga esa g‘alaba va tezroq uyga qaytish nasib etsin", - dedi jangchilardan biri.
Musulmon askarlar ushbu tabrik so‘zlarini Zaporojye viloyatida bo‘lib o‘tayotgan harbiy harakatlar hududidan yuborishgan. Ular Rossiya va Boshqirdiston bayroqlari yonida turib so‘zlashgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bu yil Ramazon oyi 23-mart kunidan boshlangan edi. 2023-yilgi Ramazon taqvimi bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Ramazon 2023

2023 yilda O‘zbekistonda muborak Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga to‘g‘ri keldi. Bu haqida O‘MI Ulamolar kengashi astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 21-mart kuni e’lon qilgan edi. Shuningdek, 17-apreldan 18-aprelga o‘tar kechasi esa Laylatul qadr kechasi bo‘lishi va 21-aprel - Ramazon hayiti kuni deb e’lon qilingan.

O‘zbekiston shaharlari uchun saharlik va iftorlik vaqtlari aks etgan 2023 yil Ramazon taqvimi bilan quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0