https://oz.sputniknews.uz/20230323/roza-33154566.html
Ro‘za tutishga oid eng ko‘p uchraydigan savollar
Ro‘za tutishga oid eng ko‘p uchraydigan savollar
Sputnik O‘zbekiston
Ramazonda saharlikka uxlab qolgan kishi qanday yo‘l tutishi kerak, avval iftor qilinadimi yoki shom namozi o‘qiladimi? Javoblarni quyida o‘qing
2023-03-23T14:31+0500
2023-03-23T14:31+0500
2023-03-28T11:02+0500
jamiyat
ro‘za
ramazon oyi
ramazon
ramazon 2023
ramazon hayiti
musulmonlar
ro‘za 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0e/17744930_0:0:1481:833_1920x0_80_0_0_d4b77c87d45016593b9cb9c19f0ee308.jpg
Ramazonda saharlikka uxlab qolgan kishi qanday yo‘l tutishi kerak, avval iftor qilinadimi yoki shom namozi o‘qiladimi, ro‘zador odam tish pastasidan foydalanishi mumkinmi? Shu va boshqa savollar yuzasidan O‘zbekiston musulmonlar idorasi Fatvo bo‘limi izoh berdi.Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlariSavol: Ramazonda saharlikka uxlab qolgan kishi qanday yo‘l tutishi kerak?Javob: Ramazonda saharlikdan uxlab qolgan odam, uyg‘ongach oz bo‘lsa ham biror narsa yeb-ichib, ro‘zani niyat qilaman desa, niyati ham, o‘sha kuni tutadigan ro‘zasi ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ramazon oyida saharlikka uxlab qolgan odam, uyqudan turgach, ro‘zani buzadigan (ya’ni, yeb-ichish, er-xotinlik aloqasi kabi) ishlarni qilmasdan, shu kungi ro‘zani tutishni niyat qiladi. Bunday niyatni toki quyosh tikkaga kelgungacha qilish mumkin.Savol: Ro‘zador kishi so‘lagini yutishi mumkinmi?Javob: Ro‘zador so‘lagini yutishi bilan ro‘za ochilmaydi. Tupukni qasddan og‘izda yig‘ib, yutishdan iloji boricha saqlanish kerak bo‘ladi. Odatdagi holatda esa so‘lakni ichga o‘tishi makruh emas.Savol: Ro‘zador odam tish pastasidan foydalanishi mumkinmi?Javob: Ro‘zador kishi tishlarini tozalashda tish pastalaridan foydalanishi mumkin. Albatta bunda tish pastasi aralashgan so‘lagi yutilib ketishidan saqlanish lozim bo‘ladi. Aks holda ro‘za ochilib ketishi mumkin.Savol: Avval iftor qilinadimi yoki shom namozi o‘qiladimi?Javob: Dinimizda iftorlikni tezlashtirishga targ‘ib qilingan, og‘iz ochishni qasddan shom namozidan keyinga surish sunnatga xilofdir.Savol: Ro‘zadorning qayt qilishi ro‘zani buzadimi?Javob: Ro‘zador qasddan qayt qilmasa ro‘zasi ochilmaydi. Agar qasddan, o‘zini-o‘zi qayt qildirsa ro‘za ochiladi.Savol: Ro‘zadorning og‘ziga yomg‘ir kirsa, ro‘zaga ta’siri yo‘qmi?Javob: Ro‘zador kishining og‘ziga beixtiyor yomg‘ir tomchilari yoki qor parchalari kirib, tomog‘idan o‘tsa, ro‘zasi buziladi va qazo ro‘za tutishi vojib bo‘ladi.Savol: Agar kishi saharlikka yegan taomlarining mayda qoldiqlari tish kovaklarida qolib ketsa, og‘iz yopilgandan keyin o‘sha taom qoldiqlari ta’mi sezilsa, ro‘zadorning tutgan ro‘zasi durust bo‘ladimi?Javob: Saharlikdan so‘ng tishning oralarida qolgan narsa no‘xat miqdoridan kichikroq bo‘lib, uni yutib yuborsa zarari yo‘q. Lekin og‘izdan tashqariga chiqarib, so‘ng og‘izga qayta solib yutsa, ro‘za ochiladi. No‘xat miqdoricha yo kattaroq bo‘lsa, ro‘za ochiladi.Savol: Ramazonda sovchilik qilish hamda iftorlik vaqtida nikoh to‘yi qilish mumkinmi?Javob: Mumkin.Savol: Ro‘zador insonni qon oldirishi mumkinmi?Javob: Bo‘ladi.Savol: Agar ayol kishining emizikli bolasi bo‘lsa va u 1 yoshda bo‘lsa ro‘za tutish mumkinmi?Javob: O‘zingizga yoki bolangizga zarar yetadigan bo‘lsa, tutmaslikka ruxsat bor. Keyin bir kuniga bir kun tutib berasiz.Savol: Sovun yoki shampun bilan rohatlanib cho‘milsa, ro‘za ochiladimi?Javob: Og‘iz va burnidan kirib ketmasa ochilmaydi.Savol: Hayitning birinchi kunidan keyin ro‘za tutish mumkinmi?Javob: Mumkin.Savol: Saharlik qilmasa ham ro‘za tutgan hisoblanadimi?Javob: Saharlik qilish sunnat. Fajr vaqti kirganidan keyin yeb-ichmagan kishi kunning yarmi bo‘lgunicha ro‘zaga niyat qilib olishi kifoya qiladi. Qazosi shart emas.Savol: Ramazon kunlarida peshingacha uxlab olsa bo‘ladimi?Javob: Joiz.Savol: Saharlikdan keyin uxlagan odam, uyqu vaqtida ehtilom bo‘lsa, ro‘zasi ochiladimi?Javob: Ehtilom bo‘lish ya’ni uyquda bulg‘anish ro‘zani buzmaydi. Chunki, bunday holat kishining o‘z ixtiyori bilan sodir bo‘lmaydi. Ehtilom bo‘lgan ro‘zador uyqudan turgach, darrov g‘usl qilib oladi.O‘zbekiston musulmonlar idorasi Fatvo bo‘limiga tegishli fatvo.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20230327/ramazon-taqvimi-2023-uzbekiston-ruza-32995286.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0e/17744930_124:0:1415:968_1920x0_80_0_0_e1c417a8ca15e823833fbde15115dbc6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ro‘za ruza tutish qoidalari tartibi savol javob ruza tutish niyati duosi ruzani buzadigan omillar
ro‘za ruza tutish qoidalari tartibi savol javob ruza tutish niyati duosi ruzani buzadigan omillar
Ro‘za tutishga oid eng ko‘p uchraydigan savollar
14:31 23.03.2023 (yangilandi: 11:02 28.03.2023) Oylarning eng ulug‘i Ramazon oyi ham kirib keldi. Ro‘za tutishga doir muhim savollarga javoblarni materialimizda o‘qing.
Ramazonda saharlikka uxlab qolgan kishi qanday yo‘l tutishi kerak, avval iftor qilinadimi yoki shom namozi o‘qiladimi, ro‘zador odam tish pastasidan foydalanishi mumkinmi? Shu va boshqa savollar yuzasidan O‘zbekiston musulmonlar idorasi Fatvo bo‘limi izoh berdi.
Savol: Ramazonda saharlikka uxlab qolgan kishi qanday yo‘l tutishi kerak?
Javob: Ramazonda saharlikdan uxlab qolgan odam, uyg‘ongach oz bo‘lsa ham biror narsa yeb-ichib, ro‘zani niyat qilaman desa, niyati ham, o‘sha kuni tutadigan ro‘zasi ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ramazon oyida saharlikka uxlab qolgan odam, uyqudan turgach, ro‘zani buzadigan (ya’ni, yeb-ichish, er-xotinlik aloqasi kabi) ishlarni qilmasdan, shu kungi ro‘zani tutishni niyat qiladi. Bunday niyatni toki quyosh tikkaga kelgungacha qilish mumkin.
Savol: Ro‘zador kishi so‘lagini yutishi mumkinmi?
Javob: Ro‘zador so‘lagini yutishi bilan ro‘za ochilmaydi. Tupukni qasddan og‘izda yig‘ib, yutishdan iloji boricha saqlanish kerak bo‘ladi. Odatdagi holatda esa so‘lakni ichga o‘tishi makruh emas.
Savol: Ro‘zador odam tish pastasidan foydalanishi mumkinmi?
Javob: Ro‘zador kishi tishlarini tozalashda tish pastalaridan foydalanishi mumkin. Albatta bunda tish pastasi aralashgan so‘lagi yutilib ketishidan saqlanish lozim bo‘ladi. Aks holda ro‘za ochilib ketishi mumkin.
Savol: Avval iftor qilinadimi yoki shom namozi o‘qiladimi?
Javob: Dinimizda iftorlikni tezlashtirishga targ‘ib qilingan, og‘iz ochishni qasddan shom namozidan keyinga surish sunnatga xilofdir.
Savol: Ro‘zadorning qayt qilishi ro‘zani buzadimi?
Javob: Ro‘zador qasddan qayt qilmasa ro‘zasi ochilmaydi. Agar qasddan, o‘zini-o‘zi qayt qildirsa ro‘za ochiladi.
Savol: Ro‘zadorning og‘ziga yomg‘ir kirsa, ro‘zaga ta’siri yo‘qmi?
Javob: Ro‘zador kishining og‘ziga beixtiyor yomg‘ir tomchilari yoki qor parchalari kirib, tomog‘idan o‘tsa, ro‘zasi buziladi va qazo ro‘za tutishi vojib bo‘ladi.
Savol: Agar kishi saharlikka yegan taomlarining mayda qoldiqlari tish kovaklarida qolib ketsa, og‘iz yopilgandan keyin o‘sha taom qoldiqlari ta’mi sezilsa, ro‘zadorning tutgan ro‘zasi durust bo‘ladimi?
Javob: Saharlikdan so‘ng tishning oralarida qolgan narsa no‘xat miqdoridan kichikroq bo‘lib, uni yutib yuborsa zarari yo‘q. Lekin og‘izdan tashqariga chiqarib, so‘ng og‘izga qayta solib yutsa, ro‘za ochiladi. No‘xat miqdoricha yo kattaroq bo‘lsa, ro‘za ochiladi.
Savol: Ramazonda sovchilik qilish hamda iftorlik vaqtida nikoh to‘yi qilish mumkinmi?
Savol: Ro‘zador insonni qon oldirishi mumkinmi?
Savol: Agar ayol kishining emizikli bolasi bo‘lsa va u 1 yoshda bo‘lsa ro‘za tutish mumkinmi?
Javob: O‘zingizga yoki bolangizga zarar yetadigan bo‘lsa, tutmaslikka ruxsat bor. Keyin bir kuniga bir kun tutib berasiz.
Savol: Sovun yoki shampun bilan rohatlanib cho‘milsa, ro‘za ochiladimi?
Javob: Og‘iz va burnidan kirib ketmasa ochilmaydi.
Savol: Hayitning birinchi kunidan keyin ro‘za tutish mumkinmi?
Savol: Saharlik qilmasa ham ro‘za tutgan hisoblanadimi?
Javob: Saharlik qilish sunnat. Fajr vaqti kirganidan keyin yeb-ichmagan kishi kunning yarmi bo‘lgunicha ro‘zaga niyat qilib olishi kifoya qiladi. Qazosi shart emas.
Savol: Ramazon kunlarida peshingacha uxlab olsa bo‘ladimi?
Savol: Saharlikdan keyin uxlagan odam, uyqu vaqtida ehtilom bo‘lsa, ro‘zasi ochiladimi?
Javob: Ehtilom bo‘lish ya’ni uyquda bulg‘anish ro‘zani buzmaydi. Chunki, bunday holat kishining o‘z ixtiyori bilan sodir bo‘lmaydi. Ehtilom bo‘lgan ro‘zador uyqudan turgach, darrov g‘usl qilib oladi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi Fatvo bo‘limiga tegishli fatvo.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.