Qaysi mamlakatlarda yashovchi musulmonlar dunyoda eng ko‘p soat ro‘za tutishadi?

© REUTERS / Mohamed Abd El GhanyMujchina neset traditsionnie fonari "Fanus" v preddverii svashennogo mesatsa Ramadan v Kaire, Yegipet
Mujchina neset traditsionnie fonari Fanus v preddverii svashennogo mesatsa Ramadan v Kaire, Yegipet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2023
Obuna bo‘lish
Komor orollari Ramazon oyida arab dunyosidagi eng qisqa ro‘za soatlariga guvoh bo‘lsa, eng uzuni Moskvada taxminan 18 soat 29 daqiqa davom etadi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Bugundan muborak Ramazon oyi boshlandi. Ushbu oyda Komor orollari arab dunyosidagi eng qisqa ro‘za soatlariga guvoh bo‘lsa, eng uzuni Moskvada taxminan 18 soat 29 daqiqa davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xabar berdi.
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Ramazon oyida ro‘za tutishning o‘rtacha soni
Misol uchun, Arab mamlakatlaridagi musulmonlar kuniga o‘rtacha 15 soat ro‘za tutishadi. Lekin muqaddas oyda ro‘za tutish soatlari har bir mamlakatning kenglik va uzunlik va ekvatorga nisbatan qanday masofada joylashganligiga qarab bir mamlakat boshqasidan farq qiladi.
Ro‘za soatlarining soni mamlakatlarning o‘zida ham farq qiladi, ayniqsa, Jazoir va Saudiya Arabistoni kabi keng hududlarga ega mamlakatlarda buni ko‘rish mumkin.
Ro‘za tutish soatlari Ramazon oyining boshida, oxiridagidan farq qiladi va ko‘pincha har kuni bir necha daqiqaga ko‘payadi, chunki yoz oyida kunduzgi soatlar miqdori ko‘payadi.
Ramazon oyida arab mamlakatlarida eng qisqa ro‘za soatlari
Komor orollari Ramazon oyida arab dunyosidagi eng qisqa ro‘za soatlariga guvoh bo‘ladi, chunki musulmonlar u yerda atigi 12 soatu 37 daqiqa ro‘za tutishadi.
G‘arbda joylashgan mamlakatlar, odatda, muborak oyda eng uzun ro‘za soatlariga guvoh bo‘lishadi va eng uzun vaqt Jazoir va Tunisda bo‘lib, taxminan 15 soat 45 daqiqaga yetadi.
Arab mamlakatlarida ro‘za tutishning o‘rtacha soni kuniga taxminan 15 soatni tashkil qiladi.
Boshqa mamlakatlarda Ramazon oyida ro‘za tutish soatlari
Ramazon oyida boshqa mamlakatlarda kuniga ro‘za tutish soatlari soni eng qisqadan eng uzuniga qarab tartiblangan.
Demak, Malayziya taxminan 13 soat, Singapur taxminan 13 soat 30 daqiqa, Turkiya taxminan 13 soat 30 daqiqa, Indoneziya taxminan 13 soat 30 daqiqa, Hindiston taxminan 15 soat, Pokiston taxminan 16 soat, Eron taxminan 16 soat, Afg‘oniston taxminan 16 soat 30 daqiqa.
Dunyoda eng ko‘p ro‘za tutish soatlari
Moskva (Rossiya) taxminan 18 soat 29 daqiqa, London (Birlashgan Qirollik) taxminan 17 soat, Parij (Fransiya) taxminan 17 soat, Ottava (Kanada) taxminan 16 soat.
Lissabon (Portugaliya), Pekin (Xitoy), Vashington (AQSh) va Pxenyan (Shimoliy Koreya) kabi boshqa shaharlarda ham kuniga 15-16 soat ro‘za tutiladi.

Mavzuga oid:

Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Ramazon oyi munosabati bilan Saudiya Arabistoni xorijga Qur’oni karim tarqatmoqda
Yangiliklar lentasi
0