Ramazon oyi munosabati bilan Saudiya Arabistoni xorijga Qur’oni karim tarqatmoqda

© Pixabay / İbrahim Mücahit Yıldız Koran, illyustrativnoe foto
Koran, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
Obuna bo‘lish
Nusxalarda Qur’onning turli o‘lchamdagi nusxalari va muqaddas kitobning 76 dan ortiq tilga tarjimalari bo‘ladi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Saudiya Arabistoni Ramazon oyida xorijga Qur’oni karimning bir million nusxasini tarqatmoqda. Bu haqda "Arabnews" nashri xabar berdi.
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Ramazon oyida Qur’oni karimning bir million nusxasini xorijga tarqatishni tasdiqladi.
Nusxalarda Qur’onning turli o‘lchamdagi nusxalari va muqaddas kitobning 76 dan ortiq tilga tarjimalari bo‘ladi.
Madinadagi podshoh Fahd Qur’on matbaa majmuasi tomonidan chop etilgan nusxalar 22 davlatdagi islom markazlariga sovg‘a qilinadi.
Islom va Da’vat ishlari vaziri, shayx doktor Abdulatif ibn Abdulaziz Al-Shayxning qayd etishicha, muqaddas kitob nusxalari Ramazonga o‘z vaqtida yetib borishi ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0