Hind kompaniyasi Toshkentda zamonaviy tibbiyot shaharchasini barpo etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2023
Obuna bo‘lish
Yangi loyihaga 100 million dollar sarmoya jalb etilishi, 3 mingga yaqin ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Hindistonning “Aakash Healthcare” kompaniyasi Toshkentda zamonaviy tibbiyot shaharchasi barpo etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Kompaniyaning boshqaruvchi direktori doktor Aashish Chaudri “Livemint.com” yangiliklar portaliga mazkur tibbiyot tarmog‘ining yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirgan.
“Biz O‘zbekiston vakillari bilan Anglashuv memorandumini imzoladik. O‘ta zamonaviy infratuzilma, tibbiy asbob-uskunalar, malakali shifokor va tibbiyot xodimlariga ega zamonaviy shifoxona qurish uchun bizga 10 gektar yer ajratiladi”, - degan u suhbat chog‘ida.
Ma’lumot uchun, Dehli shahrida joylashgan “Aakash Healthcare” shifoxonasi zamonaviy infratuzilma va eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan. Ushbu tibbiyot muassasasi ortopedik va bo‘g‘imlarni almashtirish jarrohligi sohasidagi yetakchi xizmatlari bilan nom qozongan. Shuningdek, kardiologiya va yurak jarrohligi, ona va bola, umumiy va minimal foydalanish jarrohligi, oftalmologiya, nevrologiya, neyroxirurgiya, buyrak tadqiqotlari va boshqa yo‘nalishlarda ilg‘or tajriba markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
O‘tgan yil noyabr oyida Toshkentning Uchtepa tumanida mazkur tibbiyot tarmog‘ining umumiy qiymati 10 million dollarlik bo‘lgan ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi tashkil etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi loyihaga 100 million dollar sarmoya jalb etilishi, 3 mingga yaqin ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0