Ramazon oyi boshlanishi qachon e’lon qilinadi — O‘MI javobi

© Irina PasxinaMechet Minor v Tashkente
Mechet Minor v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2023
Obuna bo‘lish
Ramazon oyining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlar astronomik kuzatish natijalariga muvofiq Ulamolar Kengashi tomonidan e’lon qilinda.
TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Ramazon oyini munosib kutib olish hamda Islom dini tartib-qoidalari asosida oyni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh o‘z faoliyatini olib bormoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI).
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh Ramazon oyi kirishini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlikda kuzatib bormoqda. Jumladan, qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘iziston musulmonlari idoralari mutaxassislari bilan ham ushbu yo‘nalishda muloqotlar o‘tkazildi.

"Kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga kiritiladi.️ Ramazon oyining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi", - deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda 2023-yilda Ramazon oyi boshlanish sanasi 23-mart kuni deb e’lon qilingan edi. Shuningdek, 17-apreldan 18-aprelga o‘tar kechasi esa Qadr kechasi bo‘lishi va 21-aprel - Ramazon hayiti kuni deb e’lon qilinishi ham aytilgan edi. Bu haqida 14-mart kuni Qozog‘iston muftiysi Naurizbay hoji ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0