Rossiya

Suriya xalqi maxsus harbiy operatsiyada Rossiya gʻalaba qozonishini istaydi – Asad

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka oʻtishIntervyu prezidenta Sirii B. Asada RIA Novosti
Intervyu prezidenta Sirii B. Asada RIA Novosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Basharga koʻra, koʻpchilik suriyaliklar maxsus harbiy operatsiyada Rossiya gʻalaba qozonishini istaydi.
TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Suriya xalqi Rossiyani Ukrainada maxsus harbiy operatsiya oʻtkazishda qoʻllab-quvvatlamoqda. Rossiya Federatsiyasi gʻalaba qozonganidan keyin dunyo xavfsizroq va tinchroq boʻladi, dedi Suriya prezidenti Bashar Asad RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Albatta, Suriya xalqi bir qancha sabablarga koʻra Rossiyani katta ishtiyoq bilan qoʻllab-quvvatlamoqda. Bir tomondan, bu birdamlik, chunki Rossiya Federatsiyasi terrorizmga qarshi kurashda suriyaliklarni qoʻllab-quvvatlagan, boshqa tomondan, bu mojaroga globalroq qarash mavjud: aynan mana shu mojaro butun dunyo muvozanatini oʻzgartira boshladi, chunki Suriya, Iroq va boshqa koʻplab mamlakatlardagi azob-uqubatlarning bir qismi bir qutbli dunyo sabablidir”, — dedi Asad.
Unga koʻra, koʻpchilik suriyaliklar maxsus harbiy operatsiyada Rossiya gʻalaba qozonishini istaydi.
“Rossiya Federatsiyasi bu mojaroda gʻalaba qozonsa, koʻpchilik suriyaliklar orzu qilganidek, yangi dunyo albatta paydo boʻladi - xavfsizroq va tinchroq”, — dedi Asad.
Eslatib oʻtamiz, Bashar Asad Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022 yil 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0