https://oz.sputniknews.uz/20230315/suriya-prezidenti-bashar-asad-kremlda-putin-bilan-uchrashdi-32941225.html
Suriya prezidenti Bashar Asad Kremlda Putin bilan uchrashdi
Suriya prezidenti Bashar Asad Kremlda Putin bilan uchrashdi
Suriya prezidenti Bashar Asad Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashib unga Suriya xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi. 15.03.2023, Sputnik Oʻzbekiston
2023-03-15T21:17+0500
2023-03-15T21:17+0500
2023-03-16T10:21+0500
rossiya
vladimir putin
bashar asad
suriya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0f/32941015_0:317:2827:1908_1920x0_80_0_0_14c652c74e8e11a7e8289a38115a3b4f.jpg
TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi, RIA Novosti xabariga asosan. Suriya yetakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Suriyada sodir boʻlgan yer qimirlashi oqibatlarini bartaraf etishda koʻrsatgan yordami uchun Suriya xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi. Rossiya prezidenti ham Suriya jiddiy sinovlarga duch kelganini va Rossiya uning haqiqiy doʻsti ekanini taʼkidladi. "Suriya xalqi yana bir oʻta jiddiy muammo, falokat, zilzila bilan yuzma-yuz turibdi. Bu, albatta, vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi. Biz haqiqiy doʻstlar sifatida sizlarni, oʻzingizga maʼlumki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi boʻlinmalarimizni qoʻllab-quvvatlashga harakat qilmoqdamiz. Suriyadagi qurolli kuchlar vakillari ham zilzila oqibatlariga qarshi kurashga oʻz hissalarini qoʻshmoqda.Bizning birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz va Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi hal qiluvchi hissasi tufayli terrorizmga qarshi kurashda sezilarli natijalarga erishildi. Bu ijtimoiy-iqtisodiy va ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish imkonini beradi", - dedi Putin.Suriya prezidenti Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.Undan soʻng, Asad Rossiyaning xalqaro maydondagi mustahkam pozitsiyasi va Suriyadagi terrorizmga qarshi kurashdagi yordami uchun minnatdorchilik bildirdi."Sizga qatʼiy pozitsiyangiz, Rossiya Federatsiyasining xalqaro maydondagi mustahkam pozitsiyasi uchun Suriya xalqiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu Suriya Arab Respublikasi suvereniteti va uning birligidan kelib chiqadigan pozitsiyadir.", - dedi u.Suriya prezidenti tashrifi doirasida ikki davlat qator vazirliklari uchrashuvlari ham boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya tomonidan mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, moliya vaziri Anton Siluanov, qurilish vaziri Irek Fayzullin, prezidentning xalqaro masalalar boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakov ishtirok etishdi.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0f/32941015_96:0:2827:2048_1920x0_80_0_0_8a94495bddb7cd510028455b4c747d0c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
vladimir putin, bashar asad, suriya
vladimir putin, bashar asad, suriya
Suriya prezidenti Bashar Asad Kremlda Putin bilan uchrashdi
21:17 15.03.2023 (yangilandi: 10:21 16.03.2023) Suriya prezidenti Bashar Asad Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashib unga Suriya xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi.
TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi, RIA Novosti
xabariga asosan.
Suriya yetakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Suriyada sodir boʻlgan yer qimirlashi oqibatlarini bartaraf etishda koʻrsatgan yordami uchun Suriya xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi.
"Birinchidan, men sizga va Rossiya Federatsiyasining zilzilalar oqibatlarini bartaraf etishda yordam bergan barcha vazirliklarga Suriya xalqi nomidan "Spasibo" (rahmat) soʻzini yetkazmoqchiman. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi, uning ekipajlari, barcha yaradorlarni evakuatsiya qilishda bevosita ishtirok etgan harbiylariga”, — dedi Asad Putin bilan muzokaralar chogʻida.
Rossiya prezidenti ham Suriya jiddiy sinovlarga duch kelganini va Rossiya uning haqiqiy doʻsti ekanini taʼkidladi.
"Suriya xalqi yana bir oʻta jiddiy muammo, falokat, zilzila bilan yuzma-yuz turibdi. Bu, albatta, vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi. Biz haqiqiy doʻstlar sifatida sizlarni, oʻzingizga maʼlumki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi boʻlinmalarimizni qoʻllab-quvvatlashga harakat qilmoqdamiz. Suriyadagi qurolli kuchlar vakillari ham zilzila oqibatlariga qarshi kurashga oʻz hissalarini qoʻshmoqda.
Bizning birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz va Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi hal qiluvchi hissasi tufayli terrorizmga qarshi kurashda sezilarli natijalarga erishildi. Bu ijtimoiy-iqtisodiy va ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish imkonini beradi", - dedi Putin.
Suriya prezidenti Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
“Men hozirdan unumli foydalanmoqchiman, chunki bu mening maxsus operatsiyadan keyingi birinchi tashrifim va Suriyaning maxsus operatsiyani qoʻllab-quvvatlash pozitsiyasini takrorlamoqchiman”, — dedi Suriya prezidenti.
Undan soʻng, Asad Rossiyaning xalqaro maydondagi mustahkam pozitsiyasi va Suriyadagi terrorizmga qarshi kurashdagi yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Sizga qatʼiy pozitsiyangiz, Rossiya Federatsiyasining xalqaro maydondagi mustahkam pozitsiyasi uchun Suriya xalqiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu Suriya Arab Respublikasi suvereniteti va uning birligidan kelib chiqadigan pozitsiyadir.", - dedi u.
Suriya prezidenti tashrifi doirasida ikki davlat qator vazirliklari uchrashuvlari ham boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya tomonidan mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, moliya vaziri Anton Siluanov, qurilish vaziri Irek Fayzullin, prezidentning xalqaro masalalar boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakov ishtirok etishdi.