Bashar Asad Moskvada noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Marosimda Rossiya va Suriya harbiylari va boshqa yuqori martabali amaldorlar ishtirok etishdi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad bugun Moskvaga amalga oshirilgan tashrifi doirasida Kreml yaqinidagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.
Undan so‘ng Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Suriya yetakchisi u yerda sodir bo‘lgan yer qimirlash oqibatlarini yengishda yordam bergan Rossiyaning barcha muassasalariga va Rossiya harbiylariga o‘z xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi.
Suriya prezidenti tashrifi doirasida ikki davlat qator vazirliklari uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya tomonidan mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, moliya vaziri Anton Siluanov, qurilish vaziri Irek Fayzullin, prezidentning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0