https://oz.sputniknews.uz/20230309/quyosh-elektrostansiyalari-32747676.html
Yana ikki viloyatda quyosh elektrostansiyalari quriladi
Yana ikki viloyatda quyosh elektrostansiyalari quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki ko‘magida O‘zbekistonda yangi quyosh elektrostansiyalari ishga tushiriladi.
2023-03-09T13:59+0500
2023-03-09T13:59+0500
2023-03-09T13:59+0500
jamiyat
o‘zbekiston
energetika
samarqand
jizzax
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/1e/15705944_0:140:3073:1868_1920x0_80_0_0_cdfb966f8e5e5f2b980f33c51e3d3995.jpg
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 440 MVt bo‘lgan quyosh elektrostansiyalari ishga tushiriladi, deb xabar berdi Jahon bankining (JB) O‘zbekistondagi rasmiy vakolatxonasi.Xabarga ko‘ra, JB Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish-2 loyihasini amalga oshirish uchun 12 million dollar miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qullagan. Viloyatlardagi quyosh elektrostansiyalari yiliga 1,1 milliard kilovatt-soatgacha qayta tiklanadigan elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ularning ishlashi natijasida yiliga o‘rtacha 110 ming tonna, butun xizmat davri davomida jami 3,4 million tonna karbonat angidrid emissiyasining oldi olinadi.Bank "O‘zbekiston MET" AJ uchun Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi stansiyalarning har biri uchun 6 million dollargacha (umumiy summasi 12 million dollargacha) bank kafolatlarini taqdim etadi.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ham energetika sohasida hamkorlik rivojlanib bormoqda.Xususan, Toshkent viloyati Bo‘stoliq tumanidagi Pskem darosida quvvati 400 MVt bo‘lgan GES qurilishida ham ko‘mak berilmoqda. Loyihaga 788 mln dollar sarflash ko‘zda tutilgan. Rossiyaning “VEB.RF” rivojlanish korporatsiyasi qurilish uchun 75 mln dollar kredit ajratdi. Pskem GES 2026-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.Yangi GES ishga tushganidan so‘ng elektr energiya ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha Chorvoq GESidan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘ladi. Suv ombori 500 million kub metr sig‘imga ega, iste’molchilarga suvni to‘g‘ri yetkazib berishni imkonini beradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/1e/15705944_119:0:2850:2048_1920x0_80_0_0_9f74ddaeeaad7684e850df4097a39bf8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston energetika samarqand jizzax
o‘zbekiston energetika samarqand jizzax
Yana ikki viloyatda quyosh elektrostansiyalari quriladi
Jahon banki ko‘magida O‘zbekistonda yangi quyosh elektrostansiyalari ishga tushiriladi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 440 MVt bo‘lgan quyosh elektrostansiyalari ishga tushiriladi, deb xabar berdi Jahon bankining (JB) O‘zbekistondagi
rasmiy vakolatxonasi. Xabarga ko‘ra, JB Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish-2
loyihasini amalga oshirish uchun 12 million dollar miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qullagan.
Mablag‘ yordamida O‘zbekistonning ikki viloyati — Samarqand va Jizzaxda umumiy quvvati 440 MVt bo‘lgan quyosh elektrostansiyalarini ishga tushirish orqali energiya ishlab chiqarish hajmi oshiriladi.
Viloyatlardagi quyosh elektrostansiyalari yiliga 1,1 milliard kilovatt-soatgacha qayta tiklanadigan elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ularning ishlashi natijasida yiliga o‘rtacha 110 ming tonna, butun xizmat davri davomida jami 3,4 million tonna karbonat angidrid emissiyasining oldi olinadi.
Bank "O‘zbekiston MET" AJ uchun Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi stansiyalarning har biri uchun 6 million dollargacha (umumiy summasi 12 million dollargacha) bank kafolatlarini taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ham energetika sohasida hamkorlik rivojlanib bormoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Bo‘stoliq tumanidagi Pskem darosida quvvati 400 MVt bo‘lgan GES qurilishida ham ko‘mak berilmoqda. Loyihaga 788 mln dollar sarflash ko‘zda tutilgan. Rossiyaning “VEB.RF” rivojlanish korporatsiyasi qurilish uchun 75 mln dollar kredit ajratdi. Pskem GES 2026-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Yangi GES ishga tushganidan so‘ng elektr energiya ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha Chorvoq GESidan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘ladi. Suv ombori 500 million kub metr sig‘imga ega, iste’molchilarga suvni to‘g‘ri yetkazib berishni
imkonini beradi.