Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya hududida jangovar vazifalarni bajarayotgan T-72 va "Proriv" T-90M tanklari

Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik tankchilar dushman pozitsiyalarini yakson qilganini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalarining T-72BM, T-72B3M va "Proriv" T-90M tanklari yordamida yakson qilinishi aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Lavhalarda jangovar mashinalar qanday harakatlanayotgani va dushmanga qarata o‘t ochayotganini ko‘rish mumkin. Ekipaj a’zolarining birgalikdagi ishlari ham ko‘rsatilgan.
"Motoo‘qchi bo‘linmalarimizning oldinga siljishi uchun T-90 tanklari ekipajlari dushmanning oldingi mudofaa chizig‘i sari yurdi va kuchli zarba berdi. Birinchi navbatda 125 mmli to‘plar bilan mo‘ljalga oluvchi operatorlar dushmanning tankka qarshi vositalari pozitsiyalari va zirhli texnikasini yo‘q qilishdi", - deyilgan xabarda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Yangiliklar lentasi
0