Toshkentdan aholi eng ko‘p qaysi hududga ko‘chib ketmoqda?
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLyudi gulyayut v Parke Drujbi Narodov.
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridan eng ko‘p Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga ko‘chib ketishgan.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. 2022-yilda Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 9 703 kishini tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:
Toshkent viloyati – 7 114 kishi;
Qashqadaryo viloyati – 403 kishi;
Samarqand viloyati – 307 kishi;
Buxoro viloyati – 257 kishi;
Xorazm viloyati – 256 kishi;
Surxondaryo viloyati – 235 kishi;
Qoraqalpog‘iston R. – 198 kishi;
Farg‘ona viloyati – 192 kishi;
Jizzax viloyati – 176 kishi;
Andijon viloyati – 171 kishi;
Navoiy viloyati – 159 kishi;
Sirdaryo viloyati – 148 kishi;
Namangan viloyati – 87 kishi.
Avvalroq Toshkent shahriga eng ko‘p Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan ko‘chib kelishgani haqida xabar berilgandi. Poytaxtga 2022-yilda respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 45 689 kishini tashkil etgan.