O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgan?

© Pixabay / 2993460Avtomobil BMW
Avtomobil BMW - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2023
Obuna bo‘lish
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 847 taga kamaygan.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. 2023 yilning yanvar oyida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Yanvar oyida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 1 064 ta;
Koreya – 949 ta;
AQSh – 110 ta;
Gonkong – 29 ta;
Germaniya – 12 ta;
Yaponiya – 10 ta;
BAA – 8 ta.
Shuningdek, yanvar oyida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatdan qiymati 58,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 193 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 847 taga kamaygan.
Yangiliklar lentasi
0