Bu yil tibbiyotda qanday investitsiyaviy loyihalar amalga oshiriladi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2023
Obuna bo‘lish
265 o‘rinli milliy saraton markazini qurish orqali O‘zbekistonda ilg‘or onkologik tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Joriy yilda 150 million AQSh dollarilik ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar xarid qilinib, tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bunga yo‘naltiriladigan mablag‘ning 124,5 million AQSh dollarini xorijiy imtiyozli kreditlar, 25,5 million AQSh dollarini esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari tashkil etadi.
Shuningdek, 100 million AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha qator davlatlar va KOICA, JICA, USAID kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik mustahkamlanadi.
Natijada:
O‘zbekiston bo‘ylab shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limlari zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi;
tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifati yaxshilanadi, xususan, Sall-markazlar yangi kommunikatsion tizimlar bilan jihozlanadi;
793 ta oilaviy shifoxona va 13 ta tumanlararo tibbiyot muassasiga zarur tibbiy jihozlar olib kelib o‘rnatiladi;
davolash-profilaktika muassasalari gemodializ uskunalari bilan ta’minlanadi. Diagnostika va davolash jarayoniga yangi tibbiy texnologiyalar tatbiq etilishi orqali ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish salmog‘i oshiriladi.
Shuningdek, mamlakatda kattalar uchun 300 o‘rinli ko‘p tarmoqli zamonaviy ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi tashkil etilib, yiliga 8,5 mingta yuqori texnologiyali jarrohlik operatsiyalarini bajarish hamda 720 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda onkologiya xizmati muassasalarini yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlashga doir loyihaning 2-bosqichi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning 16 ta filiali qurilib, jihozlanadi.
265 o‘rinli milliy saraton markazini qurish orqali O‘zbekistonda ilg‘or onkologik tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Nukus shahrida ayollar va bolalar uchun 150 o‘rinli Shayx Xalifa nomidagi shifoxona barpo etilib, Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy yordamni maqsadli yo‘naltirish tizimi yuqori darajada tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0