Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Bola tunda tishlarini nega g‘ichirlatadi?

Spalnya son - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2023
Obuna bo‘lish
Tishlarni beixtiyor g‘ichirlatish tibbiyotda bruksizm deb ataladi. Kichik yoshdagi bolalarda ushbu holat asosan tunda, uxlayotgan paytda kuzatiladi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Ba’zi bolalar tungi uyquda tez-tez tishlarini g‘ichirlatadi. Bu qanchalik xavfli? Ushbu holatga qanday omillar sabab bo‘ladi? Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Dinara Do‘stmuhammedova shu haqda ma’lumot berdi.
“Tishlarni beixtiyor g‘ichirlatish tibbiyotda bruksizm deb ataladi. Kichik yoshdagi bolalarda ushbu holat asosan tunda, uxlayotgan paytda kuzatiladi. Odatda u juda qisqa vaqt, ya’ni 10-15 soniya davom etadi. Bola o‘smir yoshga yetgach, bu holat o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. O‘smirlar va kattalarda esa tish g‘ichirlatish deyarli uchramaydi”, - deydi mutaxassis.
Qayd etilishicha, bruksizm bola organizmida sodir bo‘ladigan ayrim jarayonlar sababli yuzaga kelishi mumkin. Xususan, chaqaloqlarda tish chiqishi, kuchli asabiylik, burun bitishi, tepa va pastki tishlar bir-biriga noto‘g‘ri birikishi, mavsumiy allergik xastaliklar, O‘RVI, gripp kabi nafas olish yo‘llari infeksiyalari, vitamin va minerallar yetishmasligi, maktab yoshidagi bolalarda dars yuklamalari va baholar haqida tashvishlanish bruksizmga sabab bo‘lishi mumkin.
Mutaxassisga ko‘ra, ko‘pchilik ota-onalar farzandi organizmidagi turli parazitlarni tish g‘ichirlatish sababi deb o‘ylaydi. Biroq o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ularning bir-biriga bog‘liqligi aniqlanmagan.
Tunda tishlarini g‘ichirlatadigan bolalarda ko‘pincha bosh og‘rig‘i, lohaslik, uyquchanlik, injiqlik va yig‘loqilik, notinch uyqu, quloqlar bitishi kabi salbiy alomatlar kuzatiladi. Agar bu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, tishlar yemirilishi, tezda chirishi, nutqiy buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, shu sababli bolani kechiktirmay pediatr yoki stomatolog shifokor ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Agar bruksizm stress yoki yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik natijasida kelib chiqayotgan bo‘lsa, psixolog yoki nevropatolog maslahati zarur bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0