Alisher Yusupov Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri chempioni bo‘ldi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatiAlisher Yusupov Toshkent "Katta dubulg‘a" turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Alisher Yusupov Toshkent Katta dubulg‘a turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2023
Obuna bo‘lish
Alisher Yusupov yaponiyalik Tatsuro Saitoga qarshi bahs olib bordi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik sportchi Alisher Yusupov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Alisher Yusupov yaponiyalik Tatsuro Saitoga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli bellashuvda Yusupov ippon bahosi bilan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
+100 kg vazn toifasining final bellashuvi bilan Dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri poyoniga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, turnirda sportchilar Davlat Bobonov va Murodjon Yo‘ldoshev ham oltin medallarga ega chiqdi.
Yangiliklar lentasi
0