AQSh Ukrainani kimoviy evtanaziya qilishni rejalashtirmoqda

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkrainskiy voyennoslujashiy v Ugledare.
Ukrainskiy voyennoslujashiy v Ugledare. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Obuna bo‘lish
Evtanaziya - davolab bo‘lmaydigan kasallikka chalingan va chidab bo‘lmas azob-uqubatlarni boshdan kechirayotgan bemorning hayotini tugatish amaliyoti – tahrir.
TOShKENT, 1 mar Sputnik. Ukraina harbiy harakatlar teatrida UQK va NATOning mag‘lubiyatiga yaqin qolgani amerikaliklarni qanday yo‘llar bilan bo‘lsada maxsus operatsiya oqimini o‘zgartirishga chorasizlarcha urinishga undaydi. Ushbu maqsad yo‘lida ular hatto ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishga ham tayyor. Vashington, "gegemon"ning, ya’ni o‘zining Rossiyaga qarshi kimoviy tajovuzi so‘zsiz va keskin jazolanishi muqarrar bo‘lgan, reallik tuyg‘usini unutgandek ko‘rinadi.
Rossiya Mudofaa vazirligi bugun Pentagon va NATOga yalpi "xizmatlariga yarasha" jazo olishini eslatib qo‘ydi.

Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiyaviy, kimoviy va biologik muhofaza qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov 28 fevral kuni Ukrainaga bir necha vagonlarda zaharli moddalar, jumladan, AQShda ishlab chiqarilgan “Bi-Zet” kimoviy quroli, shuningdek, katta partiya shaxsiy himoya vositalari yetkazilganini ma’lum qildi. Vashingtonning maqsadi – Ukraina qo‘g‘irchoq armiyasi niqobi ostida maxsus harbiy operatsiya maydonida ommaviy qirg‘in qurollarini (OQQ) qo‘llash va bu jinoyat uchun javobgarlikni Rossiyaga yuklashdir.

AQShning Moskvadagi sobiq elchisi Jon Sallivan 22-fevral kuni “Maxsus harbiy operatsiya hududida Rossiya qo‘shinlari kimoviy qurol qo‘llashni rejalashtirayotgani haqida”, – ma’nodor qilib ogohlantirgan edi.
Ayni paytda, “Bi-Zet” AQSh armiyasining standart kimoviy moddasi bo‘lib, u Vyetnam urushi yillarida keng qo‘llanilgan. U o‘tkir psixoz, dezoriyentatsiya, gallyutsinatsiyalar, xotira buzilishiga olib keladi. Vashington 1990-yilda “Bi-Zet” zahiralarini to‘liq yo‘q qilishini e’lon qilgan, ammo u farmatsevtika korxonalari asosida ushbu moddani yiliga o‘nlab tonnagacha bo‘lgan miqdorda sintez qilish imkoniyatini saqlab qolgan.
BMTning Kimoviy qurollarni taqiqlash va ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiyasiga muvofiq, AQSh 2023-yil 30-sentabrgacha o‘z zahiralarini butunlay yo‘q qilishga va’da berdi. Ukraina harbiy harakatlar teatri Amerika ommaviy qirg‘in qurolini utilizatsiya qilish uchun eng yaxshi tanlov emas. Yevropa misli ko‘rilmagan miqyosdagi harbiy falokat yoqasida turibdi (o‘z vaqtida hatto Gitler ham kimoviy qurol ishlatishga jur’at eta olmagan).

UQK ning “kimoviy” qarshi hujumini tashkillashtirish uchun amerikaliklar Kiyev rejimiga 55 ming komplekt shaxsiy himoya vositalari va katta miqdordagi antidotlar yetkazib berdi. Ular orasida iprit, lyuizit va sianid kislotasi hosilalariga qarshi (750 ming flakon), zarin va zoman kabi fosfororganik zaharli moddalarga qarshi (600 ming ampula), tutqanoqqa qarshi preparatlar (3 mln. tabletka) bor.

Bundan shunday tasavvur paydo bo‘lmoqdaki, Vashington Ukrainani kimoviy evtanaziyaga tayyorlamoqda. Va ular ular hatto maxsus operatsiya hededida OQQ qo‘llash oqibatlari o‘z ittifoqchilari bo‘lgan Yevropa davlatlari uchun ham og‘ir bo‘lishini unutib qo‘yishgandek ko‘rinadi.

UQK va NATO uchun amerikancha ruletka

Donbassning UQK tomonidan vaqtincha bosib olingan hududiga 2023-yil 10-fevral kuni xorijlik mutaxassislar hamrohligida kimoviy moddalar solingan poyezd yetib kelgani RF Mudofaa vazirligiga ma’lum. Kramatorsk metallurgiya zavodi hududida Ukraina Xavfsizlik xizmati va UQK qo‘mondonligi vakillari nazorati ostida 16 ta muhrlangan metall qutilar tushirildi, ulardan sakkiztasida kimoviy xavf belgisi, “Bi-Zet” yozuvi bor edi.

Aynan shu joyda, Kramatorskda, 19-fevral kuni, maxsus belgilar bilan 11 vagon NATO shrapnel o‘q-dorilari tushirildi. RF Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq, AQSh quruqlikdagi kuchlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda, shrapnel o‘qlari “modernizatsiya qilingan”, ya’ni ular zaharli suyuqliklar bilan boyitilgan.

Amerika kimoviy qurollari va himoya vositalarining bir vaqtning o‘zida yetkazib berilishi, Donbassda harbiy psixotrop zaharli “Bi-Zet” moddasini qo‘llashga faol tayyorgarlik ko‘rilganidan dalolat beradi. Undan foydalanish Kimoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha konvensiyaning 1-moddasi bilan taqiqlangan, ammo Pentagon bir qator kimoviy moddalardan urushda qurol sifatida foydalanishni qonuniylashtirgan. AQSh bir necha bor “begona bayroq ostida” turli mamlakatlarda g‘arazli harbiy-siyosiy maqsadlarga erishish uchun kimoviy qurollar bilan provokatsiyalar uyushtirgan.
Biz SARda “Oq dubulg‘ali”lar oddiy doka orqali namunalar olib, zarin ishlatilgani taxmin qilingani va bu 2017-yilda AQShning Suriyaning Shayrat aviabazasiga raketa hujumini amalga oshirish uchun bahona bo‘lganini unutganimiz yo‘q. Suriyaning Duma shahrida go‘yoki xlordan zaharlangan bolalar bilan sodir etilgan xuddi shunday provokatsiya 2018-yilda Barza va Jumxuriyadagi tadqiqot markazining yo‘q qilinishiga ham sabab bo‘lgan.
AQSh Davlat kotibi Kolin Pauellning “kir yuvish kukuni” solingan probirkasini ham eslaymiz. U 2003-yilda Pentagon va NATOning Iroqqa bostirib kirishi uchun bahona bo‘lib xizmat qilgan va oxir-oqibat 500 mingdan ortiq Iroq fuqarolarining o‘limiga sabab bo‘lgan edi. Bu jinoyatlar uchun hech kim javobgarlikka tortilmagan.

Bunday tajribalarni Rossiya hududida o‘tkazish Vashington va Shimoliy Amerikaning butun aholisi uchun juda xavfli. OQQdan foydalanish ehtimoli AQShning yevropalik ittifoqchilariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Amerikaliklar harbiy harakatlar sharoitida xalqaro hamjamiyat samarali tergov olib bora olmaydi, haqiqiy tashkilotchilar va jinoyatchilar soyada qolib, ayb Rossiya zimmasiga yuklanadi, deb umid qilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi bugun Ukraina qo‘g‘irchoq armiyasining g‘arbiy xo‘jayinlarini maxsus harbiy operatsiya hududida kimoviy quroldan foydalanish holatida jazo muqarrarligi haqida rasman ogohlantirdi. “Biz haqiqiy aybdorlarlarni aniqlaymiz va jazolaymiz. Hech qanday "qizil chiziqlarsiz".
Donbassda Amerikada ishlab chiqarilgan ommaviy qirg‘in qurollardan foydalanish jazosiz qolishiga umid qilish bema’nilikdir. RF Mudofaa vazirligining maxsus harbiy operatsiya hududida joylashgan kimoviy laboratoriyalarining tahliliy imkoniyatlari ishlatilgan kimoviy moddaning turini va ishlab chiqargan mamlakatni ishonchli aniqlash imkonini beradi. Radiatsiyaviy, kimoviy va biologik vaziyatni nazorat qilish bo‘yicha mobil komplekslar tezkor javob berish uchun kimoviy tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlaydi.
Yangiliklar lentasi
0